2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Faol nuroniylar va yoshlar bir davrada

Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Surxondaryo viloyatining turli hududlarida yashaydigan nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat qilayotgan keksa avlod vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab, sog‘lomlashtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Prezidentimizning 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish va keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oqilona foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda. 
Mazkur qaror ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega, zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga, shuningdek, muammoli oilalarning har biriga "Keksalar maslahati" guruhlarining bir nafardan a’zosi biriktirilgan. Bu ishlar prafilaktik hisobda turgan yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarish, notinch oilalarni yarashtirish va ajrimlarning oldini olishda o‘z samaralarini bermoqda.

Uchrashuvda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirish orqali ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. Viloyatda keksalarni qadrlash va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash belgilab olingan vazifalarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Tadbirda nuroniylar va yoshlar vakillari bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi. Viloyatda namunali ma’naviyat sektorlarini tashkil etishga ko‘maklashish, uch avlod vakillari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish kabi masalalarda tizimli ishlar olib borish xususida fikr almashdi. San’atkorlarning qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.

18.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar