Bugungi kunda aholidan eng ko‘p kelib tushayotgan shikoyatli masalalar, takroriy murojaatlarni tahlil qilish, sektorlar va mahallar kesimida ularga yechim topish Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi vakillari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhining muhim vazifalaridan biridir. Shu asosda Respublika ishchi guruhi Jizzax viloyatidagi holatlarni o‘rgandi.
Jumladan, vazirlik va idoralar tomonidan viloyatdan Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan jami 4 ming 300 ga yaqin murojaat qayta ko‘zdan kechirilib, ularning 35 foiziga yaqini joyida ijobiy yechimini topdi, qolgan qismi esa o‘rganish jarayonida.
Hal etilgan masalalarning asosiy qismi oila va xotin-qizlar, maktabgacha va maktab ta’limi, kommunal, qurilish, gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti, moliya, pensiya, tibbiy yordam, bandlikni ta’minlash kabi qator sohalarga oid murojaatlar bo‘ldi.
Bundan tashqari, bir hafta davomida viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari ishtirokida 63 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 700 ga yaqin masala ko‘tarilib, ularning 226 tasi joyida hal etildi, 300 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 155 ta masalaning ijrosi nazoratga olindi.
Misol uchun, Forish tumani Bog‘don mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, 58 nafar fuqarodan 92 ta masalada murojaatlar qabul qilingan. Ularning 38 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolgani bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosarlari, idora va tashkilot rahbarlariga vazifalar berildi.
Qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida hududda 14 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 5 ta transformator, 12 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 2,2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortildi. Aholiga qo‘shimcha 7,6 tonna, ijtimoiy soha ob’ektlariga esa 50 tonna ko‘mir yetkazildi.
Shu bilan birga, 14 nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi va shifoxonaga joylashtirildi, 10 nafar kam ta’minlangan fuqaroga tikuv mashinasi olib berildi, 183 nafar fuqaro bepul dori-darmon bilan ta’minlanib, homiylar ko‘magida 21 nafar ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Murojaatlar asosida viloyat tijorat banklari tomonidan 61 nafar fuqaroga 502 million so‘m miqdorida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratilishi ta’minlandi.
Qabullar doirasida Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudlarda ozodlikdan mahrum etilgan 49 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 9 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi va 2 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod etildi.
Mahalla va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 41 ta oila yarashtirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 53 ta aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 2 ta oila yarashtirildi.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 60 ta iqtisodiy ish ko‘rilib, 35 ta tadbirkorlik sub’ektlarining da’vo arizalari asosida 7,4 milliard so‘m undirilishi belgilandi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha vazirlik, idoralar mas’ullari, sektor rahbarlari ishtirokida viloyatda aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy muhokama qilinib, bu sohada mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Tahlillar asosida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish maqsadida viloyat aholisi uchun dolzarb bo‘lgan respublika idoralari darajasida hal etilishi talab etiladigan masalalar ro‘yxati shakllantirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |