Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan ularni ijtimoiy – huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
–Jumladan, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish choralari ko‘rilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish maqsadida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi shakllantirildi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun, ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Joriy yilgi 5- bosqich “Ayollar daftari”ga kiritish maqsadida xatlov o‘tkazish ishlari 49 ta mahallaga biriktirilgan ishchi guruhlar tomonidan yakunlandi. Uning natijasiga ko‘ra 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 46 ming136 nafar xotin-qizdan 45 ming 330 nafariga so‘rovnoma anketalari to‘ldirildi. Anketa- so‘rovnomalar to‘ldirilmagan 806 nafar xotin-qizning 340 nafari ichki migratsiyadagi, 442 nafari tashqi migratsiyadagi, 21 nafari sog‘lig‘i tufayli kasalxonada yotgan, 3 nafari jazo muddatini o‘tayotgan xotin-qizlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarorining 2-bob 8-bandiga muvofiq, sektorlar rahbarlarining taklifiga ko‘ra, 5-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 ming 593 nafar xotin-qiz kiritilishi rejalashtirilgan. Shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar toifasiga 2 ming 253 nafar, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 652 nafar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 1 ming 269 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 994 nafar, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 20 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand toifasiga 405 nafar xotin-qiz kiritilishi belgilangan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |