Namanganda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faol sardorlari tashabbusi bilan tarixga qiziquvchi, iqtidorli va bilimga chanqoq maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasida uyushtirilgan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun jadid bobolarimizning ibratli o‘gitlarini tajriba maktabi sifatida o‘rgatish hamda taraqqiyparvar allomalarimiz haqidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan mazkur tanlovda barcha shahar, tumanlardan saralangan, 10-18 yoshdagi vakillardan jamlangan 20 ta maktab jamoasi o‘zaro bahslashdi.
– Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish asnosida milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda, avvalo, yoshlar uchun chinakam ibrat namunasidir, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Azizbek Toshmatov. – Shu ma’noda jadid ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etish, jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, musobaqaning quyi saralash bosqichlarida to‘rt yuzdan ziyod maktab jamoasi qatnashdi. Ularda eng bilimdon va zukko deb topilgan jamoalargina hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. “Tilda, fikrda, ishda birlik” ezgu g‘oyasi har bir ishtirokchining qalb shuuriga ko‘chdi.
Ishtirokchilar atoqli jadidchi va ma’rifatparvarlar G‘ulom Zafari, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Is’hoqxon To‘ra Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon kitoblariga oid savollarga javob qaytardi.
Tadbirning yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ballni olgan Namangan tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabi jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari faxrli ikkinchi pog‘onani qayd etdi. Davlatobod tumanidagi 95-sonli umumta’lim maktabi yoshlari esa uchinchi o‘ringa munosib topildi.
G‘oliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari shuningdek, g‘olib jamoa a’zolarining har biriga “Jadidlar” kitobi to‘plami tuhfa qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |