Yurtimizda ijtimoiy soha obyektlari, mahallalar infratuzilmasi holati va yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga keng imkoniyatlar asosida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 1-mart kuni Prezidentimiz iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi obyekt va loyihalarni ishga tushirish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan edi.Tashrif doirasida viloyatdagi faollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, keng ko‘lamli, samarali topshiriqlar berildi.
Bugun topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Shovot tumanida ijtimoiy soha obyektlari, mahalla infratuzilmasi holati, yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish kabi qator masalalar bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.
Xususan, tuman tadbirkorlari uchun Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, banklar, sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot vakillari ishtirokida uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.
Ochiq muloqotni o‘tkazishdan maqsad — tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan masalalar, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflarni muhokama qilish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.
Prezident tashrif doirasida Xorazmda kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratilishi, buning hisobidan 5,5 ming tadbirkorga ko‘mak berilib, 50 mingta doimiy ish o‘rni yaratilishi belgilangan edi.
Ikki yuzga yaqin tadbirkorlar ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan muammo va takliflarni ilgari surdi. Xususan, kredit, soliq, kadastr, qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid masalalar o‘rtaga tashlangan.
Murojaatlar asosida tumanning “Oq oltin” mahallasida ish yuritayotgan tikuv sexi, “Katqal’a” mahallasidagi mebelchilik korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilgan, shu bilan birga, ularning muammolarini bartaraf etishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, tumanidagi “Po‘lat” mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, oilalarga qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida 20 sotixdan ekin yer maydonlari ajratib berilgan.
Vakillar tumandagi “Komiljon ota” mahallasi hamda u yerda joylashgan oilaviy shifokorlik punkti, “Yangi O‘zbekiston” mahallasida joylashgan 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, “Arbek” mahallasida joylashgan 17-son bolalar musiqa va san’at maktabi bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
Yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun turli tadbirlar, jumladan, xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, sport musobaqalari va bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |