2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qirsadaq namunali mahallaga aylanadi

Prezidentimiz kuni kecha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida bo‘lganida mas’ullarga bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni belgilab berdi.

Ayni kunlarda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda keng qamrovli jarayonlar boshlab yuborildi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l  tumanidagi Qirsadaq mahallasini tumanda namunali mahallaga aylantirish, bu yerda ishsizlikni bartaraf etish, mahalla drayverini  yaratish, aholi daromad manbalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi T.Norbayeva va Prezident maslahatchisi M.Komilov ushbu mahallaga tashrif buyurdi.  

Dastlab umumxalq hashari munosabati bilan hudduddagi ta’lim muassasasida “Yashil makon” loyihasi  doirasida daraxt nihollarini ekish ishlari olib borildi. Unda Respublika vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari, Yangiyo‘l tumani sektor rahbarlari va faxriy nuroniylar, oqila ayollar, otinoyilar ham ishtirok etdi.  

Tashkil etilgan suhbatda band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish, ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish masalalari ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.  

Aholisi 3 ming nafardan ziyodni tashkil etadigan Qirsadaq mahallasi namunaviy ish tashkil etish uchun tanlab olingan. Endilikda maxsus tuzilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari uyma-uy yurib, xatlov o‘tkazgan holda mahalla aholisining har biri bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini aniqlaydi hamda uning natijalaridan kelib chiqib, mahallani rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda ijtimoiy himoyaga, tibbiy, psixologik yordamga muhtoj fuqarolarga  ko‘mak berish choralari ko‘riladi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida  shu kunning o‘zida mahallada xatlov ishlari boshlandi.

17.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar