Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va tur operatorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Sa’dulla Mirzayev va viloyat prokurori Azamat Mirzayev tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Dastlab viloyatda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 2023-yil davomida viloyatga 158 ming nafar xorijiy va 1 million 400 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti 39,5 million dollarni tashkil qilib, 2017-yilga nisbatan 24 baravarga oshgan.
– Xorijiy sayyohlarni viloyatga jalb qilish borasida turistik kompaniyalar bilan izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, – deydi viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Xo‘jayev. – Qariyb 340 kilometr masofada 60 ta obyektdan iborat 14 ta turizm yo‘nalishini qamrab olgan Navoiy “turizm halqasi” yaratildi. Yakunlangan yilda umumiy qiymati 138 milliard so‘mlik 44 ta loyiha ishga tushirilib, ular hisobiga 431 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyatdagi joylashtirish vositalari soni 210 taga, ulardagi o‘rinlar soni esa 6227 taga yetkazildi. Shuningdek 2023-yilda 24 ta turkompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni 51 taga yetdi. Turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida Nurota tumanida “Sentob turizm qishlog‘i” tashkil etildi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining sammitida Sentob qishlog‘i 2023-yilning “Eng yaxshi turizm qishlog‘i” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum koridorida joylashgan Navoiy viloyatidagi 5 ta madaniy meros obyektlari YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Joriy yilda M-37 avtomagistral yo‘l bo‘yining Qiziltepa tumani hududida Karvonsaroy loyihasi tashkil etiladi. Nurota tumani Chuya hamda Xatirchi tumani Langar qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i” ga aylantirish rejalashtirilgan.
Turizm va yondosh infratuzilmalarni yaxshilash maqsadida 35 milliard so‘mlik ishlar amalga oshiriladi. Viloyatning turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash uchun 34,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 37,3 kilometr avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi, 5 ta piyodalar uchun ko‘priklar quriladi. Shuningdek, umumiy qiymati 198,8 milliard so‘mlik 53 ta loyiha ishga tushirilib, ular hisobiga 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Natijada mehmonxonalar hamda oilaviy mehmon uylari soni 263 ta yetkaziladi. Bir vaqtning o‘zida 8437 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
– 2023-yilning oktyabr oyidan buyon mehmonxona xizmati bilan shug‘ullana boshladim, – deydi “Nurota travel” MCHJ rahbari Lobar Salohiddinova. – Dastlab 8 kishi bilan ishlaganmiz. Hozirda 14 ishchi mehnat qilmoqda. Kelgusida barcha rejalarim amalga oshsa 50 ta ish o‘rni yarataman.
Albatta, sohada erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z yechimini kutib turgan muammolar ham mavjud. Sayohatlarni tashkil etishda temir yo‘l chiptalari olish, olis hududlarda sayyohlar uchun aloqa va internet sifatining yaxshi emasligi, tadbirkorlik subyektlari uchun turizm sohasidagi ayrim yo‘nalishlarda transport vositalari sotib olish, joylashtirish vositalari qurilishi uchun bank kredit liniyalarining mavjud emasligi shular jumlasidandir.
Shuningdek, olis hududlarda, qishloqlarda aholi xonadonlarining mulkka egalik qilish huquqini beruvchi kadastr hujjatlarining yo‘qligi oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda muammo bo‘lmoqda. Bu esa turizm salohiyati yuqori bo‘lgan qishloqlarga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berishda to‘siq bo‘lyapti. Uchrashuvda tadbirkorlarning muammolari va takliflari eshitilib, ularga yechim izlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |