Oltinko‘l tumanidagi Qo‘shko‘prik mahallasida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida aholining turmush farovonligini oshirish, fuqarolar bandligini ta’minlash, har bir hududning imkoniyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qator topshiriq va vazifalar belgilab bergan edi.
Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish – milliy uyg‘onish” tamoyili asosida kambag‘allikdan chiqarish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha viloyat hokimining seminarlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, mahalla faollari, oqsoqollari, yoshlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Oltinko‘l tumanidagi Qo‘shko‘prik mahallasida o‘tkazilgan seminarda mahalladagi muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Ayni kunda mahalladagi 800 dan ziyod xonadonda 5 ming 200 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahalla aholisi asosan, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Yillar davomida mahallada qator muammolar yig‘ilib qolgan.
– Yo‘l, suv, gaz, umuman, mahalla infratuzilmasini yaxshilash davlat idoralari, tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, – dedi viloyat hokimi. – Xonadonlarni obodonlashtirish, tomorqalardan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlarni ishga solishda fuqarolar tashabbus ko‘rsatishi kerak.
Tadbirda fuqarolar o‘z imkoniyatlari darajasida harakat qilishi, boqimandalik kayfiyatidan butunlay voz kechishi, imkoniyatlarini ishga solib, biror kasb-hunar bilan shug‘ullanish, daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirishga astoydil harakat qilishi zarurligi, buning uchun fuqarolarga subsidiya, kreditlar ajratilishi, zarur yordamlar ko‘rsatilishi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda so‘z olgan oqsoqollar viloyat hokimidan mahallaning tuproq ko‘chalari yozda chang, qishda loy ekanligi, yurish juda noqulay bo‘layotganligini aytib, ta’mirlashga yordam ko‘rsatilishini so‘ragan edi.
Viloyat hokimi boshchiligida o‘tkazilgan seminardan so‘ng Qo‘shko‘prik mahallasida qurilish, obodonlashtirish, shu bilan birga, aholini tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mahallaning yozda chang, qishda loy ichki yo‘llari holatini yaxshilash, ta’mirlash ishlari ham amalga oshirildi.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Oltinko‘l tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mahallaning Fazilatli, Jasorat va Dehqonobod ko‘chalari tekislanib, sheben va shag‘al yotkizildi.
– Mahalla hududida jami 19,2 kilometr ichki yo‘llar mavjud, – deydi Oltinko‘l tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi rahbari Ozodbek Ergashev. – Shundan 7 kilometr yo‘l asfaltlangan. Viloyat hokimi tashabbusi bilan mahalladagi obodonlashtirish ishlari doirasida yuqoridagi ko‘chalarning holati yomon bo‘lgan 8 kilometr qismi tekislanib, shag‘al va sheben yotqizildi.
Bo‘layotgan o‘zgarishlar, obodonlashtirish ishlari hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklardan mahalla ahli behad xursand.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |