2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Yakkamulla” mahallasi obod go‘shaga aylandi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Yakkamulla” mahallasi “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlari asosida namunali maskanga aylandi.

Dastur asosida amalga oshirilgan qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari natijasida mahalla hududidagi 10 ta ko‘cha va ulardagi 721 ta xonadonlar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari obod va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.

Qariyb 2 oy davomida mahalladagi 618 ta xonadonga “Obod xonadon” mezoni joriy etildi. 10 ta ko‘chada obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, 1,3 kilometr lotok, ariq, kollektor-zovurlar tozalandi. Qabriston va ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Ko‘chalarga nihol va ko‘chatlar ekildi. 2,8 kilometr suv tarmog‘i tortilib, 3500 metr gaz quvuri ta’mirlandi, 280 ta simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 5 kilometr elektr simlar tortildi, 2 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi. 1,2 kilometr piyodalar yo‘lagi ravon qilindi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorlilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Baxshitol ko‘chasida zamonaviy Workout sport maydoni qurildi.

Mahallada nuroniylar maskani, otalar choyxonasi, yoshlar kutubxonasi, shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati uchun kerakli shart-sharoitlar yaratildi. Tadbirkor Otabek Tojiyev tashabbusi bilan mato to‘qish va bolalar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Bu yerda tikuvchilik malakasiga ega ishsiz 15 dan ortiq xotin-qiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va keng jamoatchilik vakillari mahalladagi amalga oshirilgan shu kabi xayrli ishlar bilan yaqindan tanishib, mahallaning yangi binosi ochilish marosimida ham ishtirok etdi.  

Viloyat rahbari bilan muloqotda bo‘lgan mahalla ahli, xonadon egalari bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlari avval bo‘lmagani, buning natijasida har bir xonadon, ko‘cha va mahallaga fayz, baraka kirib kelayotganligini ta’kidlab, bu ishlarga bosh bo‘lgan davlat rahbari, barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.  

Tantanali tadbirlar davomida mahallani ana shunday ko‘rkam va obod ko‘rinishga kelishida munosib hissa qo‘shgan jonkuyarlar, sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi bir guruh hamyurtlarimiz bandligini ta’minlash uchun zaruriy mehnat anjomlari subsidiya asosida bepul taqdim etildi.

Nuroniylar maskanida tashkil etilgan tadbir avvalida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Yakkamulla” mahallasi fuqarolari, tadbir ishtirokchilarini bahor ayyomlari hamda yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Shu kuni tadbirkor Odiljon Tolipov tashabbusi bilan tashkil etilgan to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bu yerda 50 xildagi yosh bolalar uchun kiyim-kechaklar tayyorlanib, mahalliy bozorlar bilan birga qo‘shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda 30 nafar mahalladagi xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. 1 oyda 25 mingta mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bu joydagi 15 sotix maydonda limonariya bog‘i barpo etilgan. Archa, shamshod gul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.  

Bir so‘z bilan aytganda, “Yakkamulla” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi ishlar nafaqat Uchko‘prikda, balki viloyatning boshqa mahallalarida ham namuna bo‘ladi.

05.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar