Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, "mahalla yettiligi" faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizmini samarali tashkil etish hamda tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib bormoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida o‘rganishlar olib bordi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan Arnasoy tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi. Jumladan, “Bobur” mahallasida o‘tkazilgan seminarda tumanning 13 ta mahallasi “yettiligi” va mas’ullarga Andijon, Xorazm, Sayxunobod, Uychi va Yunusobod tajribalari asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan obyektlar va tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Tumanning “G‘oliblar” MFYda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, banklar, tuman sektor rahbarlari va hokim yordamchilari ishtirokida amaliy seminar, uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi.
Ushbu ochiq muloqotlar chog‘ida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan muammo va takliflarni ilgari surishdi. Xususan, kredit, soliq, kadastr, qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savollarga javob va yechimlar topishdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda 28 ta muammoli masala ko‘tarilib, ularning ijrosi vaqt talab etganligi sababli rahbarlar tomonidan nazoratga olindi.
Bundan tashqari, U.Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Arnasoy tumani mahallalarida "mahalla yettiligi" faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizmini samarali tashkil etish hamda tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib bordi.
Misol uchun, Prezident Xalq qabulxonasi mas’ullari “Tinchlik” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Abbos Ma’murboyev tomonidan tashkil qilingan 1.5 sotixlik issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor issiqxonaga qo‘shimcha plyonka, metall qurilmalar kerakligini aytib murojaat qildi. Murojaati qanoatlantirilib, kerakli anjomlar olib berildi.
“Yangibo‘ston” mahallasida ko‘p qavatli uylar yonida Dilshod Xolbekov tomonidan tashkil qilgan 20 sotixlik issiqxona sharoitlari bilan ham tanishildi. Qariyb 10-yildan buyon issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning muammolari o‘rganilib, ularni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Muborak Ramazon oyida el-yurtimizga uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan tabarruk nuroniylar holidan xabar olinmoqda.
Har bir sohada avlodlar quvvati birlashsa, taraqqiyot yanada jadallashadi. Xalq bilan muloqot tizimini ham yangi bosqichga olib chiqishda ajdodlar merosi, ularning boy tajribasi nihoyatda muhimdir.
U.Muhammadiyevning arnasoylik 94 yoshli mehnat faxriysi Bekpo‘lat hoji Eshpo‘latov bilan muloqotida shular haqida so‘z bordi.
Mehr-muruvvat va xayr-u saxovat oyi bo‘lmish shu muborak kunlarda ko‘pni ko‘rgan otaxonga davlatimiz rahbari nomidan Ramazon sovg‘alari topshirildi. Arnasoy tumani tamal toshini qo‘ygan Bekpo‘lat hoji ota yuksak e’tibor va hurmat-izzat uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi. Elimiz ravnaqini tilab duo qilindi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi daraxt ekish mavsumida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. O‘z o‘rnida, mazkur xayrli tadbirlarda barcha yurtdoshlarimiz qatori Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, viloyatning Baxmal tumani “Fayziobod” mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida katta ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish xasharlari bo‘lib o‘tdi.
Oqsoqollar, yoshlar, ko‘ngillilar va mahalla faollari ishtirok etgan mazkur xasharlar doirasida U. Muhammadiyev tashabbusi bilan Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga tomorqadan samarali foydalanishga ko‘maklashish maqsadida 10 mingdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari bepul yetkazib berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |