Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini tuman markaziga yaqin hududda joylashgan. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda ko‘plab muammolar mavjud edi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining yo‘qligi xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida ishsizlik ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
“Obod xonadon, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari ko‘hna maskan hayot tarzini o‘zgartirdi. Aholi xonadonlari, ko‘chalarning me’moriy qiyofasi o‘zgardi, ko‘makka muhtoj oilalar har jihatdan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi. Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish, ichimlik suvi keltirish, elektr uzatgichlarni yangilash, ko‘chalarni asfaltlash, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanishi uchun suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish kabi muammolarni bartaraf etish uchun kerakli mablag‘lar ajratildi.
Mahalla tadbirkori Elyorbek Saidnazarov tumandagi markaziy bozorda xorijdan keltirilgan o‘yinchoqlar savdosini yo‘lga qo‘ygan. Keyinchalik unda o‘yinchoqlarni o‘zimizda ishlab chiqarish niyati tug‘ildi. Bu fikrini ayoliga ham bildirdi. Ko‘p o‘tmay turmush o‘rtog‘i Madinaxon Saidnazarova rahbarligida “Hasan-Husan-Rahmatulloh” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos solindi. Yosh tadbirkor oilaga tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi tomonidan 60 million so‘m subsidiya ajratildi. Ishlab chiqarish jarayoni uchun Xitoydan “Sonly” nomli uskuna olib kelindi. Toshkent va Andijon viloyatlari tadbirkorlaridan shartnoma asosida xomashyo sotib olindi. Mana to‘rt yildirki, kichkintoylarning sevimli o‘yinchoqlari shu yerning o‘zida tayyorlanib, savdoga chiqarilmoqda.
Madinaxonning mutaxassisligi logoped. U bolalar nutqining rivojlantirishda o‘yinchoqlar yordamiga tayanadi. Kichkintoylar sevimli qahramonlarining ovoziga taqlid qiladi, nomini takrorlab, rangini ajratadi va albatta, o‘ynab zavq oladi. Bu jarayonda bolalarda nutq tovushlari yanada tiniqlashadi, aql-idrok, insonni ardoqlash kabi ezgu fazilatlar shakllanadi.
Tadbirkor oila 30 nafar mahalladoshini kasanachilik asosida ish bilan band etgan. Dilshodaxon Usvaliyeva, Nasibaxon Obidova, Tilloxon Davlatova eng faol ishchilardan.
Turli rang va ko‘rinishdagi mashinachalar yurtimiz bo‘ylab, shuningdek, qo‘shni respublikalar bozorlarida ham sotilmoqda. Oilaning kayvoni onaxoni Saidaxon ayani korxonaning ish yurituvchisi, deb aytish mumkin. Bir qarasangiz, sexni boshqargan, ba’zida ishchilarning tushligidan xabar olgan yoki buyurtmachi-yu xaridorlar bilan kelishayotgan bo‘ladi.
– O‘yinchoqlarning qismlari alohida-alohida qoliplar yordamida quyiladi, - deydi Madinaxon Saidnazarova. - Uskunamiz bitta bo‘lgani bois, qismlarni to‘laqonli tayyorlab olgunimizcha ishchilarimiz ba’zan bo‘sh qolyapti. Endilikda texnikalar sonini oshirib, o‘yinchoqlar turini yanada ko‘paytirishni maqsad qildik.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |