Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi respublika ishchi guruhi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarning borishi bilan tanishish va aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida hududlarga tashrif buyurmoqda.
Navbatdagi manzil – Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Zangiota tumanlari bo‘ldi.
Prezidentimizning topshirig‘iga asosan ishchi guruh tashabbusi bilan «Yangiyo‘l tumani tajribasi» bo‘yicha 64 mahallaning har bir ko‘cha hamda xonadonlarida «mahalla yettiligi» ishtirokida xatlovlar o‘tkazildi.
Xatlovlar jarayonida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ishsizlar, kasb-hunarga o‘qitiladigan hamda tadbirkorlik qilish istagidagi aholi vakillarining ro‘yxati shakllantirildi.
Xatlovda aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha bugungi kunga qadar 301 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Shundan 189 nafarini ayollar tashkil etdi. 87 nafar kishiga 1,9 milliard so‘m miqdorida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkorlikka jalb qilindi. 465 nafariga yo‘nalishlar kesimida o‘zini o‘zi band qilishiga imkon yaratib berildi. Bu borada 81 nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi.
Senat Raisi Yangiyo‘l tumanidagi Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida tashkil etilgan 67 nafar ehtiyojmand ishsiz fuqaroga motokultivator topshirish marosimida ishtirok etdi. Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va bu orqali yuqori daromad ko‘rishni ta’minlash asosiy maqsad qilinganini alohida ta’kidladi.
Motokultivatorlarning topshirilishi aholining bo‘sh turgan tomorqalardan samarali foydalanishiga, o‘zini o‘zi band qilishiga imkon beradi. O‘z tomorqasidagi yerni haydashdan tashqari mahalladagi boshqa aholi vakillarining yerlarini haydab berish orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tomorqalardan samarali foydalanish evaziga oziq-ovqat to‘kinligiga hissa qo‘shiladi.
Minitexnikalar topshirish jarayonida ushbu ishlar tashkil etilishdan oldin vaziyat tubdan o‘rganilgani, xalqning xohish va istaklari inobatga olingan holda ushbu chora-tadbir amaliyotga joriy qilingani alohida qayd etildi.
Ma’lumki, tomorqachilik bilan shug‘ullanadigan har bir yurtdoshimizning joniga ora kiradigan narsa uni kerakli texniklar bilan ta’minlashdir. Buni minitexnikalarga ega bo‘lgan aholi vakillari ham e’tirof etdi.
Shundan so‘ng ishchi guruh mahallalarda bo‘lib, «mahalla yettiligi», aholi vakillari bilan muloqot qildi. Ularning faoliyati, shart-sharoitlari bilan qiziqdi.
Yangiyo‘l tumanidagi «Niyozboshi» mahallasida «mahalla yettiligi» bilan suhbat jarayonida hududdagi holat, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Bu boradagi ijobiy natijalar ko‘lamini oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Mahalladagi 526 xonadondan 420 tasida aholi o‘z tomorqa yerlarida issiqxonalar tashkil etgan. Unda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va turli xildagi talab yuqori bo‘lgan ko‘katlarni yetishtirish orqali yilning to‘rt faslida ham o‘zi va oila a’zolarini ish bilan band qilib, barqaror daromadga ega bo‘lib kelmoqda.
Zangiota tumanining «Olmazor» mahallasida «mahalla yettiligi» bilan muloqot qilindi. Mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan kutubxonadagi shart-sharoitlar, aholini, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Mahalladagi xonadonlarda aholining turmush sharoiti o‘rganildi va bevosita muloqotlarda ularni o‘ylantirayotgan masalalar aniqlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |