Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish davlatimiz rahbarining qat’iy topshirig‘i va bugungi kunning o‘tkir talabidir.
Prezident Xalq qabulxonasi ayni shu topshiriq ijrosi bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan Jizzax viloyati tumanlarida ish olib borib, qisqa muddatda murojaatchilar bandligi ta’minlanmoqda.
Xususan, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 80 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari va pishiriq pishirish pechlari olib berildi. Bu esa asosan moddiy yordam masalasida murojaat qilgan shu ayollarning ishlab daromad topishi, ro‘zg‘ori but bo‘lishi uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyatdir.
Tikuv mashinali bo‘lgan 75 nafar ayol baxmallik 22 nafar tadbirkor bilan kichik kooperatsiyalar tashkil qilib, ish boshladi. Tadbirkorlarning barchasi tikuvchilik sohasida boy tajribaga, yetarlicha salohiyat-u barqaror ish hajmiga, eng muhimi, o‘z bozoriga ega.
Shulardan biri Zulayho Yo‘ldosheva to‘rt yildan beri Baxmalning Navro‘z qishlog‘idan Toshkent bozorlariga kiyim-kechak yetkazib beradi. Buyurtmasi kundan kun ko‘payib borayotgan bu oilaviy korxona bilan shu qishloqda yashovchi yana 9 nafar tikuvchi kooperatsiya tashkil qilgach, sexning ishchilari soni 22 nafarga yetdi.
Xuddi shunday kamida besh yillik tajribaga ega baxmallik Marhabo Nazarova va Mehriniso Rahmonova kabi yosh tadbirkorlar ham 3-4 nafardan yangi chevarlarni yoniga olib, faoliyatini yanada kengaytirdi. Ularning aytishicha, ishlagan chevar Baxmalning shu chekka qishlog‘ida turib ham oyiga 3-4 million so‘m bemalol daromad qila oladi.
Prezident Xalq qabulxonasining aholi qo‘shimcha daromad qilishi uchun sharoit-u imkoniyat yaratishga oid navbatdagi loyihasi og‘ir cho‘l hududi Arnasoyga to‘g‘ri keldi. Maqsad – oqar suv taqchil paytda tomorqalardagi ekinlarni saqlab qolish uchun sizot suvlaridan foydalanishni tashkil qilishdan iborat. Buning uchun tez orada og‘ir sharoitdagi 500 ta xonadon tomorqasida ichki imkoniyatlar hisobidan quduq qaziladi. Ichishga yaroqsiz bu sizot suvlariga mahalliy o‘g‘it aralashtirilib, asosan yoz chillasida ekinlarni sug‘orish mumkin. Chinobod mahallasida yashovchi O‘lmasjon Xudoyberdiyev bir necha yildirki, shu usuldan foydalanib, daromad qiladi.
Tuman sektorlari rahbarlari bu borada yana bir tashabbus bilan chiqishdi: Zarafshon mahallasida tajriba tariqasida ichki imkoniyatlar hisobilan tomorqalarga 7 tonnalik rezervuarlar o‘rnatilyapti. Agar bu tajriba amalda o‘zini oqlasa, keyingi bosqichda arnasoylik yana 150 ta xonadon o‘z tomorqasida zaxira sug‘orish mexanizmiga ega bo‘ladi.
G‘afur G‘ulom nomidagi mahallada yashovchi Olim Shomilov o‘tgan yil dekabrda kredit olib, Arnasoyda birinchi bo‘lib tomorqasida kichik gidroponika qurdi. Tomchilatib sug‘orish orqali qulupnay yetishtirdi. Daromad yaxshi bo‘lganini ko‘rgan qo‘ni-qo‘shnilar ham bunga qiziqa boshladi.
Bularning barchasi qishloq aholisiga oyog‘i ostidagi “xazina kaliti”ni topib berishga xizmat qiladi. Tomorqasidan unumli foydalanib, qo‘shimcha daromad topadigan inson esa hech qachon kambag‘al bo‘lmaydi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |