Prezidentimiz tashabbusi bilan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari doirasida olib borilayotgan ishlardan maqsad qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga ko‘maklashishdir.
Qiziltepa tumanining So‘fiyon mahallasida ham mazkur mezon asosida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Hududda ko‘chalarni obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar qurish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab¬-quvvatlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida So‘fiyon mahallasi binosini yangidan qurish, “Uch avlod maskani”, sun’iy qoplamali mini maydon va “Street Workout” sport maydonchalarini qurish ishlari olib borilmoqda.
– Mahallamizda 3400 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi, – deydi mahalla raisi Amriddin Latipov. – Ayni paytda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida 3 km ichki yo‘llarga to‘liq shag‘al to‘kilgan bo‘lsa, 2,2 km yo‘llar asfalt qilindi va aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 400 dan ortiq simyog‘och yangisiga almashtirilib, 13,5 km sim kabel tortildi. Sektor mas’ullari tomonidan mahalla hududini xatlovdan o‘tkazish jarayonida 33 ta noturar joy obyekti to‘liq bitkazilmaganligi aniqlanib, mahalla yettiligi bilan birgalikda ushbu joylar mas’ullari bilan birma¬-bir suhbat o‘tkazdi. Yakunda hokim yordamchisi tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu obyektlarning ishga tushishi natijasida mahallada qo‘shimcha 118 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishiladi. Shu bilan birga xatlov natijasida kredit olib tadbirkorlik qilish istagidagi 20 nafar fuqaroga 586 million so‘mlik imtiyozli bank kreditlari ajratildi.
Mahallalarda aholi muammolarini hal qilish, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Andijon” tajribasini joriy etishga alohida e’tibor qaratilyapti.
Mahalladagi 7 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 22 nafar fuqaroning subsidiya evaziga o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlandi. Shuningdek, 20 nafarga yaqin xotin¬-qiz kasb¬-hunar o‘rganishi uchun monomarkazlarga yuborildi.
– Mahallamizda hozirgi kunda 753 nafar yoshlar bo‘lib, shundan ularning 11 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, – deydi mahallaning yoshlar yetakchisi Odiljon Sharopov. – Ularning muammolarini yechish ustida tegishli mas’ullar bilan birgalikda ishlar olib bormoqdamiz. IT sohasiga qiziqadigan yoshlarga subsidiya asosida noutbuk, tikuvchilik istagini bildirgan qizlarimizga esa tikuv mashinalari va overloglar berilyapti.
Viloyat ikkinchi ¬sektor rahbari tashabbusi bilan 3-umumta’lim maktabi kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy adabiyot sovg‘a qilindi. Bu ham o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan intilishini yanada oshirishga xizmat qilishi tabiiy.
Albatta, bu kabi bunyodkorlik ishlariga hamohang mahalla aholisi ham o‘zi yashab turgan maskanning saranjom- sarishtaligiga alohida e’tibor qaratmoqda. Mahallada tomorqa madaniyatini rivojlantirish, yerdan samarali foydalanish maqsadida xonadonlardagi mavjud 56 gektardan ortiq maydonda uch marta hosil olish, “Bir mahalla –bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
– O‘zim asalarichilikka qiziqaman, – deydi Bekmurod Azimov. – Hokim yordamchisining ko‘magi bilan kredit olib, ushbu faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirdim. To‘g‘ri, asalarichilik bilan shug‘ullanish osonmas. Axir, oson mehnatning o‘zi yo‘qku. Asalarichilik faoliyatini tanlab kam bo‘lmadim. Mehnatim orqasidan oilamga yaxshigina daromad kelib turibdi. Ikki o‘g‘il, ikki qizni o‘qitdim. To‘ylar qilyapman. Hammasi ana shu asalarichilikning orqasidan deb bilaman.
Darhaqiqat, tobora go‘zal va betakror manzilga aylanayotgan hududda bugun yuksalishlar sari ildam qadamlar tashlanmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |