2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ayollar qo‘llab-quvvatlansa, ro‘zg‘orini obod etadi

Yangi Namangan tumanida oilalarning daromad manbaini yaratish, o‘zini o‘zi band qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarni uy sharoitida ishlab, pul topishi uchun zarur sharoit yaratilayotir.

Tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi Nigora Mirxojayeva yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, uy sharoitida shirinliklar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. U o‘zini o‘zi band qilibgina qolmay, 3 nafar qo‘shni ayollarni-da ish bilan ta’minladi. Hozirda ular 3 turdagi tayyor mahsulot, 5 turdagi yarim tayyor mahsulotni xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda. Bu yumush orqali ayollar bir kunda o‘rtacha 150 ming sof daromad topmoqda. Ishbilarmon ayol bunga qo‘shimcha ravishda inkubatsiya usulida parranda ham ko‘paytiradi. Ayni paytda xonadonida 155 ta jo‘ja va 25 ta tovuq parvarish qilinmoqda. 

Shu mahallada yashovchi Naimaxon Otaboyeva ham oilaviy tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yib, qo‘shni ayollardan 6 nafarini ish bilan ta’minladi. Bundan tashqari, kasanachilik asosida ham 5 nafar ayolga uyiga ish beradi. Tadbirkor ayol tashkil etgan kichik sexda tikilayotgan erkaklar ko‘ylagi ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Shu bilan birgalikda, ayollar uchun turli bichimdagi liboslar ham tikilmoqda. Muhimi xotin-qizlar uy sharoitida foydali mehnat bilan band hamda oyiga 3-4 million daromad topmoqda. 

– O‘tgan yili “Ayollar daftari”da qayd etilgan xotin-qizlarning barchasini ro‘yxatdan chiqarishga erishdik, - deydi Yangi Namangan tumani xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Mirzavaliyeva. – Ularning 698 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 140 nafariga subsidiya asosida zarur ish anjomlari olib berdik. 428 nafariga esa imtiyozli kredit ajratildi. Bugun bu opa-singillarimizning barchasi kafolatlangan daromad manbaiga ega. Ijtimoiy hayotdagi faolligi ham oshgan. 

Mustaqillikning besh yilligi mahallasida yashovchi Turdixon Usmonova ham yolg‘iz onaligi bois “Ayollar daftari” ro‘yxatiga olingan edi. O‘zi tirishqoq, intiluvchanligi qo‘l kelib, tikuvchilik ortidan ro‘zg‘orini butlayapti. U hozirda o‘quvchilar uchun maktab formasi va buyurtma asosida ayollar liboslari tikmoqda.

– Avvaliga 1 ta tikuv mashinasi bilan ish boshlagandim, - deydi tikuvchi. – Imtiyozli kreditga yana 1 ta dastgoh olib berishdi. Ish ko‘lami kengayib, safimiz 5 kishiga yetdi. Tumanda oilalarning sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhiti hamda tinchligi va osoyishtaligini saqlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayrim oilalardagi mavjud notinch ma’naviy-ruhiy muhit natijasida sodir bo‘layotgan nikohdan ajralishlarni oldini olish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. 

01.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar