2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qiyotda qiyosi yo‘q o‘zgarishlar

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi boshchiligida yil boshida Samarqand viloyati to‘rt sektori hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti og‘ir to‘rt mahallada “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangandi.

Jumladan, Ishtixon tumani Qiyot mahallasida ham aholi xonadonlaridan boshlab hudud infratuzilmasigacha bo‘lgan muammolarga yechim topish, odamlar turmush tarzini yaxshilashga kirishilgandi.

To‘qqiz qishloqdan iborat, umumiy maydoni 224 gektar bo‘lgan mahalladagi 1285 oilada 6330 nafar aholi istiqomat qiladi. Tumandagi eng katta mahallalardan biri hisoblansa-da, hududda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratilmagan, yillar davomida to‘planib qolgan muammolar aholi kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatar, ta’bir joiz bo‘lsa, qiyotliklarning ertangi kunga ishonchi ham o‘ziga yarasha edi.

Ammo qish fasli bo‘lishiga qaramay, mahallani yangicha tizim asosida obod qilishga kirishilgach, katta-kichik rahbarlar kelib muammolarni o‘rganishni boshlagach, odamlarda umid uyg‘ondi.

– Dastlab xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev. – Xatlov natijalari bo‘yicha xonadonlarni obodonlashtirish, mahalla ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini yaxshilash, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallani og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha 65 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijroga qaratildi. “Obod xonadon” mezoni asosida ta’mirga muhtoj 622 xonadon ta’mirlanib, obodonlashtirildi. O‘ta og‘ir sharoitda yashovchi, ehtiyojmand toifadagi 13 oilaning turar joyi viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan homiylik asosida joriy va kapital ta’mirlandi. Aholi tomorqalaridan unumli foydalanish maqsadida 752 ta xonadonda fermerlar va homiylar ko‘magida shudgorlash ishlari amalga oshirilib, bahorgi ekinlar ekildi.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 16 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 36 nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb etilib, 71 nafar fuqaroning o‘zini-o‘zi band qilishi, 17 nafarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga yordam ko‘rsatildi. Viloyat va tuman tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislari ishtirokida hududda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar uyushtirilib, 24 nafar fuqaroning viloyat shifoxonalarida davolanishi ta’minlandi. 11 nafar fuqaroga reabilitatsiya-texnik vositalari yetkazib berildi, 1675 nafar qiyotlikka bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan 20 nafar fuqaroga 108 million so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi, 10 nafar fuqaroga bank krediti olishda ko‘maklashildi, 17 nafar shaxsga 106 million so‘mlik asbob-uskunalar xarid qilish uchun subsidiyalar ajratildi.

“Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yo‘nalishidagi amaliy ishlar natijasida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning 7 kilometri asfalt qoplamasi bilan joriy ta’mirlandi 2,7 kilometriga asfalt yotqizildi. Shuningdek, 35,2 kilometr tuproq yo‘llarga qum-shag‘al to‘kildi. 1,7 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 5 ta transformator punkti yangidan o‘rnatilib, 14 tasi kapital ta’mirlandi, 14,1 kilometr SIP kabel tortildi. Eski simyog‘ochlar o‘rnida 510 ta yangi temir-beton ustun o‘rnatildi. Asosiy ko‘chalarda 100 ta tungi yoritish chiroqlari qo‘yildi.

Darvoqe, mahalladagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jarayonida homiylik va hashar yo‘li bilan yangidan mahalla binosi barpo etilib, “mahalla yettiligi” faoliyati uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Mazkur binoning ikkinchi qavatida esa mahalla xotin-qizlari bandligini ta’minlash va ularga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun bir nechta sport maydonchalari, dam olish maskanlari tashkil etildi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlaridan mahalladagi uchta umumta’lim maktabi va bolalar bog‘chalari ham chetda qolmadi. Mazkur muassasalar ham joriy ta’mirlanib, bir qator muammolari hal etildi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida eski oilaviy shifokorlik punkti qayta ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi, tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil qilindi.

Bundan tashqari, bir nechta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ochildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida qariyb 3 gektar maydonda 5 ta bog‘ tashkil etildi, 12 ming 700 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘tgan vaqt mobaynida mahallada xonadon madaniyati va aholi ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari o‘tkazildi.

Xotira va qadrlash kuni arafasida mahalladagi qurilish-bunyodkorlik ishlari yakuniga yetib, bugun yangi mahalla binosi va boshqa obyektlarning ochilish marosimlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi S.Turdiyev, viloyat va tuman hokimligi, viloyat prokuraturasi va sektor mas’ullari ishtirok etdi. Mehmonlar mahalla ahlini yangi inshootlar bilan tabriklab, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan bu kabi tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etishini ta’kidladilar.

Shu yerda uch avlod uchrashuvi o‘tkazilib, faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi, shuningdek, mahalladagi qurilish-obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etgan quruvchi va bunyodkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. “Eng obod xonadon”, “Eng obod ko‘cha” tanlovlari g‘oliblari munosib taqdirlandi.

07.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar