Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Yangibozor tumanidagi Pahlavon Mahmud mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Mazkur mahallada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar soni 941 nafar bo‘lib, ularning 577 nafari “yashil”, 352 nafari “sariq” va 12 nafari “qizil” toifaga kiritilgan. Joriy yilda 49 nafar yoshga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun 8,8 gektar yer maydoni, 12 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit, 5 nafariga subsidiya ajratildi. 7 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 3 nafarining oliy o‘quv yurtida tahsil olish uchun kontrakt puli to‘lab berildi.
Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish va subsidiya masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatning amaliy ijrosi bo‘yicha viloyat hokimi tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi. Har bir murojaat ijrosi tegishli tartibda nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |