Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Botirjon Ashurov viloyatning tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazmoqda.
Boshqarma boshlig‘i, mutasaddilar hamda tuman, shahar bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirokida tashkil etilayotgan sayyor qabullarda soha xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda, ularni qiynayotgan, xizmat faoliyati bilan bog‘liq qator muammolar hal etilmoqda.
Marhamat, Asaka va Andijon tumanlarida bo‘lib o‘tgan sayyor qabullar doirasidagi muloqotlarda shaxsiy tarkib xodimlarining kasbiy bilim va malakasini oshirish, professilonal vazifasini ado etish zarur shart-sharoitlar yaratish, intizomni mustahkamlash, korrupsion holatlarning, shuningdek, favqulodda, xususan, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlanib, bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan qutqaruvchilar hamda mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Sayyor qabullar davomida xodimlarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, bandligini ta’minlash, kontrakt to‘lovlarini to‘lash, davolanish bilan bog‘liq o‘ttizdan ortiq murojaatlari eshitilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish yoki bajarish ma’lum muddat talab etiladigan masalalar ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.
–Turmush o‘rtog‘im anchadan buyon betob edi, – deydi Andijon tumanida ish olib borayotgan qutqaruvchi Abduvohid Jo‘rayev. – Uni davolatishga imkon qilolmayotgan edim. Qabulda boshqarmamiz boshlig‘idan ayolimning davolatish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishini iltimois qildim. Iltimosim e’tiborsiz qoldirilmadi. Menga moddiy yordam ajratiladigan bo‘ldi. Bundan behad xursandman, qolaversa, kasbimga, jamoadoshlarimga bo‘lgan hurmatim yanada ortdi. Bu e’tibor va ko‘mak meni yanada shijoat bilan ishlashga undaydi.
Shuningdek, qabullar jarayonida qutqaruvchilarning ish faoliyati, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishildi. Bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |