O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish vazirligi hamkorligida Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Ishga marhamat” mono-markazida Toshkent viloyati ayrim mahallalarida yaqinda ish boshlagan hokim yordamchilari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, hududlarning mavjud ichki imkoniyatlarini ishga soluvchi omillar va yo‘nalishlarni aniqlash kabi ko‘plab masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari yetakchi tadbirkorlar taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari bilan o‘zaro tajriba almashish borasida kelishib olindi.
O‘tgan davrda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish”, “Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish” va “Tadbirkorlik va biznes asoslari” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga 1 ming 562 nafar aholi, jumladan, yoshlar va xotin-qizlar jalb qilingan edi. Aynan hokim yordamchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish jarayonlari kelgusida ishsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
– Hokim yordamchilari bilan yaqindan tanishib, ular faoliyatida duch kelayotgan muammolarni ham o‘rgandik, – deydi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bo‘lim boshlig‘i Boburbek Hamroyev, – Seminarda ular o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bundan juda xursandmiz. Shuningdek, Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bir qator tashkilotlar hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi” o‘tkazildi. Unda jami 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar 320 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada jami 170 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar qatnashib, 37 nafariga o‘zlarini qiziqtirgan kasblari bo‘yicha o‘qishga yo‘llanmalar berildi, 32 nafari doimiy ishga, 50 nafari tumandagi yirik to‘qimachilik korxonalariga ishga joylashtirilishi bo‘yicha taklif etildi. 5 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek 30 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.
– Bu kabi tadbirlar aholi daromadlari oshishiga sabab bo‘lmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mirzohid Qoldiboyev – Tumanimizdagi hokim yordamchilari tomonidan yil boshidan 1-may holatiga 145 nafar fuqaroni turli sohalar bo‘yicha ishga joylashtirib, ularning bandligi ta’minlangan. Shu bilan birga, 92 nafar fuqarolarga o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashga yordam berilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |