2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul jarayonida 59 nafar shaxs jazodan ozod qilindi

Samarqand viloyati sudi raisi va viloyat ma’muriy sudi raisi Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida aholi bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbirda, shuningdek, viloyat sudi hamda jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudlari, Samarqand shahar iqtisodiy sudi sudyalari ishtirok etdi. 

Dastlab viloyat sudi raisi Olim Hayitov va viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev sud-huquq islohotlari, qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuncha berdi. 

Qabul jarayonida 67 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi, qolganlari bo‘yicha arizalar qabul qilindi va huquqiy tushuntirish berildi. 

Sayyor qabulda sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazo o‘tayotgan 59 nafar fuqaro qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini, bundan buyon sog‘lom turmush tarzi asosida hayot kechirishini bildirib, jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi. 

Shu yerda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sayyor sud majlisi tashkil etilib, har bir holat alohida ko‘rib chiqildi va murojaatlar qanoatlantirildi. 

Jazodan ozod qilingan yoki jazosi yengillashtirilgan fuqarolarga monomarkazda kasb o‘rganish tavsiya etildi. O‘qish istagini bildirgan uch nafar sobiq mahkum o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha o‘qishga jalb qilindi.

16.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar