“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholining tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bog‘liq murojaatlarini tezkor o‘rganish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, gaz ta’minoti filiali va uning shahar, tumangaz gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan iste’molchilarning taklif, shikoyat va muammolari tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda.
Joriy yilning aprel, may oylari davomida filialga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali jami 174 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 128 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan. 43 ta murojaat yuzasidan esa o‘rganish jarayoni davom etmoqda.
– Iste’molchilarimiz tomonidan elektron gaz hisoblash uskunasining kim tomonidan o‘rnatib berilishi kerak, degan mazmundagi murojaatlar ham yo‘llanmoqda, – deydi “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Muharram Mavlonova. – Uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq ma’lumotlarni fuqarolarimizga atroflicha tushuntiryapmiz. May oyida yo‘llangan turli mazmundagi murojaatlarning 12 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 34 tasi o‘rganish jarayonida. Faoliyatimiz davomida har bir murojaatni to‘liq o‘rganib, ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash asosiy maqsadlarimizdan biridir.
Aytish kerakki, murojaatlarning aksariyatini tabiiy gaz bosimi, elektron gaz hisoblash uskunasi va suyultirilgan gaz bo‘yicha esa maishiy gaz ballon yetkazib berilishi bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etadi. Birgina may oyida jami 46 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, ularning 19 tasi tabiiy gaz, 15 tasi suyultirilgan gaz, 12 tasi elektron gaz hisoblash uskunasi bilan bog‘liq murojaatlardan iborat.
– Gaz idorasiga tabiiy gaz bosimining pastligi yuzasidan murojaat qilgan edim, – deydi Navoiy shahar, Me’mor mahallasida istiqomat qiluvchi M.Rahimova. – Murojaatim “Navoiy shahar gaz” gaz ta’minoti korxonasi tomonidan nazoratga olinib, zudlik bilan amaliy chora ko‘rildi. Hozir tabiiy gaz bosimi bir maromga keltirildi. Murojaatim o‘z vaqtida inobatga olinib, ijobiy hal etilganidan xursandman.
Filial va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan murojaatlarning ijrosini kechiktirmay, o‘z muddatida ta’minlash borasidagi jarayon davom etmoqda. Zero, murojaatlarning o‘z vaqtida o‘rganilib, ijobiy hal etilishi aholining tizimga bo‘lgan ishonchi yanada ortishiga olib keladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |