2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonasi: murojaatdan – daromadga

Inson hayoti mehnat bilan mazmunli. Ayni shu omil bois odamzot to‘kis hayotga, baxt-saodatga, komillikka intiladi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Prezident Xalq qabulxonalarining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish faoliyati ham ayni shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida qisqa vaqtda yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xususan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari - Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Toshloq, Farg‘ona tumanlari, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlaridagi 200 dan ziyod murojaatchiga tikuv mashinalari, pishiriq pishirish pechlari, motokultivatorlar va boshqa ish anjomlari olib berildi. Mazkur yangi mexanizm bilan, avvalo, moddiy yordam so‘rab ko‘p murojaat qilayotgan bu insonlarning daromad topib, ro‘zg‘orini butlashi uchun imkoniyat, sharoit, tizim yaratib berilyapti.

Misol uchun, Toshloqning Qumariq mahallasidan ham to‘rt ayol bugun tikuv mashinkalari olib, mahalladoshi Mahbuba Nazarova bilan kooperatsiya tashkil qilib, ish boshladi. Besh yillik tajribaga ega tadbirkor Mahbubaxonning aytishicha, ishlagan chevar shu chekka qishloqda turib oyiga 3-4 million so‘m bemalol daromad qila oladi.

Qo‘qon shahrida esa Prezident Xalq qabulxonasiga moddiy yordam masalasida kelib tushgan murojaatlar tahlilidan so‘ng 110 dan ziyod xotin-qizlar uy sharoitida ishlab daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

“Saodat” mahallasida yashovchi Gulchehraxon ham o‘z tikuv mashinkasi bilan qo‘shni “Afg‘onbog‘” mahallasidagi tadbirkor ayolning oilaviy “Viqor qalbi” tikuvchilik korxonasiga kooperatsiya asosida ish boshladi.

Prezident Xalq qabulxonasining dastlabki bosqichida og‘ir sharoitdagi murojaatchilarni kooperatsiya asosida ishlab daromad topishiga imkoniyat yaratilsa, keyinchalik ular orasidan tadbirkorlikka qobiliyati borlariga o‘z oilaviy korxonasini tashkil qilishiga, faoliyatini kengaytirishiga ham yordam beriladi. Xalq bilan muloqotning yangi tizimi shu mexanizm asosida bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.

21.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar