Toshkent viloyatidagi sektorlar rahbarlari, o‘ndan ziyod boshqarma va tashkilot tomonidan Bo‘ka tumanidagi aholi uchun ommaviy sayyor qabulda Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Piskent tumanlari va Bekobod shahridan kelgan murojaatchilar ham qabul qilindi.
Hozir barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratilgan. Biroq barcha insonlar ham hudud markaziga borib, mas’ul tashkilot eshigini taqillatishga imkon topolmaydi. Shu tufayli joylarda tashkil etilayotgan xalq bilan muloqotlar aslida joylardagi muammolarni hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Orif Bozorov tomonidan 20 ta murojaat tinglandi. Ularning aksariyati aliment, qarz undirish va boshqa turdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi. Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati sudi raisi Dilshod Tojiboyev va hududlardagi sudlar raislari esa 49 nafar fuqaro va tadbirkorlarning sohaga doir murojaatlarini qabul qildi. Ularning 15 tasi jinoyat, 22 tasi fuqarolik, 5 tasi iqtisodiy va 7 tasi ma’muriy ish bo‘yichadir.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan sayyor sud majlislari ham o‘tkazilib, kiritilgan taqdimnoma (iltimosnoma)lar asosida 21 nafar mahkum o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 11 nafar mahkumning o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrog‘iga almashtirildi.
Sayyor qabulda viloyat soliq boshqarmasi mutasaddilariga fuqarolardan 10 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 7 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. Ma’lum muddat talab qilinadigan masalalar tegishli idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Masalan, bo‘kalik Maryam Yo‘ldosheva kommunal to‘lovlardagi soliq hisoblanishi yuzasidan imtiyozlar berilishini so‘rab, o‘z iltimosini bildirdi. Ushbu fuqaroning muammosi mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib joyida bartaraf etildi.
Sayyor qabullar boshqa hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |