2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mo‘ynoqda qariyb 27 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori bilan Mo‘ynoq tumanida 2019-2021 yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida qariyb 27 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu hujjat bilan sanoat sohasiga 33 ta, xizmat ko‘rsatish sohasiga 34 ta va qishloq xo‘jaligi sohasiga 8 ta, jami 75 ta loyiha jalb qilinishi nazarda tutilgan.

– Mo‘ynoqda 3 yil ichida 26 trillion 974 milliard 827 million so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Lekin bu hali hammasi emas. Mo‘ynoqda biznes qilaman, investitsiya kiritaman, degan tadbirkorlar kundan-kun ko‘paymoqda, – deydi Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. – Hukumat qarorida nazarda tutilgan 75 ta loyiha tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari (338 milliard 755 million so‘m), tijorat banklarining kreditlari (99 milliard 672 million so‘m) hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlar (3 milliard 194 million AQSh dollari) hisobidan amalga oshiriladi. Bulardan eng yirik loyihalar sifatida “Global project capital” qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan gazni qayta ishlash orqali polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini aytish mumkin. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 16 trillion 600 milliard so‘m (yoki 2 milliard dollar) bo‘lib, uni amalga oshirish muddati 2020 yil mart oyigacha belgilangan. Yana bir yirik loyiha ushbu korxona tomonidan tumanimizda tashkil qilinadigan turizm komplekslari (mehmonxona va ko‘ngilochar dam olish markazlari, savdo markazlari va boshqalar)dir. Bu loyihalarni amalga oshirishga jami 1 milliard dollar jalb qilinadi. Shuningdek, “Siemens“ qo‘shma korxonasi tomonidan 150 million dollar evaziga 120 MVt. quvvatga ega shamol elektrogeneratori qurish rejalashtirilgan. Loyiha 2020 yil dekabrь oyida ishga tushiriladi. 

Mazkur raqamlar Mo‘ynoqning yurtimizdagi yirik sanoat shaharlaridan biriga aylanishini anglatmoqda. 3 yilda tumanda misli ko‘rilmagan ishlar qilinadi. Shu vaqtga qadar chorva ozuqasi sifatida foydalanib kelingan yoki shunchaki yoqib yuborilgan qamishdan qog‘oz (tsellyuloza) va qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ikkita korxona barpo etiladi. Nafaqat mo‘ynoqliklarni, balki barcha yurtdoshlarimizni quvontirgan bu yangilik bir vaqtlari minglab kishilarni ish bilan ta’minlab, dunyoga dong taratgan Mo‘ynoq baliq-konserva zavodining qayta tiklanishi bo‘lmoqda. “Mo‘ynoq akva sanoat“ DUK tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyiha 2019 yil oxirida ishga tushiriladi. Hozir zavodning qurilish ishlariga start berilgan. 

– Bu el Mo‘ynoq tumani deb atalgani bilan uning markazini doimo shahar deb kelganmiz, – deydi O‘zbekiston faxriylarni qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi kengashi raisi Sharap Usnatdinov. – Chunki 1931 yil iyunь oyida baliqchilik va baliqchilik sanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tuman ko‘p o‘tmay sanoatlashgan, yurtimizning Evropaga chiqadigan dengiz porti bor shahriga aylangan edi. 1940 yili ishga tushirilgan baliq-konserva zavodi 1952 yilgacha bevosita markaz tasarrufida edi. 1943 yilning oktyabrь oyida frontga ko‘p miqdorda go‘sht va baliq konservasi, tuzlangan baliq jo‘natilgan. “Mo‘ynoq”, “Uchsoy”, “Urge”, “Qozoqdaryo”, “Moypoz” baliq etishtirish va qayta ishlash zavodlari paydo bo‘lgan. Bu kombinat dengiz qurishigacha yiliga 17 million donaga yaqin konserva chiqarardi. 

90-yillarga kelib Orol fojiasi tumanning barcha infratuzilmasini, dengizda balig‘ini, erda dehqonchiligini buzib yubordi. Endi Oroldan uchgan tuzli qum Markaziy Osiyo doirasidan chiqib, butun dunyoga xavf tug‘dira boshladi... 

O‘tgan asrning 30-yillari mo‘ynoqlik shoir Ayapbergen Musaev “Bu rayonning ikki yoqdan qo‘li bor, dehqonga er, baliqchiga ko‘li bor“, deb kuylagan edi. 

Mana, bugunga kelib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida “Mo‘ynoqning ming qo‘li paydo bo‘lmoqda“, deyish mumkin. Chunki bu erda dehqonga er, baliqchiga ko‘l avvaldan mavjud bo‘lsa, endi Orolning qurigan tubidan gaz otilib chiqmoqda, turizm rivojlanmoqda, katta-katta korxonalar barpo etilmoqda. 

– 
Mo‘ynoqning kelajagini AQShning Las-Vegas shahriga o‘xshataman, – deydi davom etib Sh.Usnatdinov. – Las-Vegas shahri ham Amerikaning Nevada shtatidagi Maxova degan cho‘listonda qurilgan, eng qizig‘i, ushbu shaharga ham 1931 yilda asos solingan. Mo‘ynoq ham bugun dengiz chekinib ketganidan keyin sahro quchog‘ida qolib ketdi. Kelajakda bu shahar ham sahro mo‘’jizalarining biriga aylanishiga shubha yo‘q. 
 

23.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar