2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maqsad–aholi bandligini ta’minlash

Buxoro viloyati Romitan tumani markazidagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman majburiy ijro byurosi hamkorligida tashkil qilingan tadbirda tumandagi 45 ta korxona, tashkilot va muassasa o‘zlaridagi 600 taga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi vaqtincha ishsizlar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, uyda daromadsiz qolgan ayollar va yoshlar qatnashdi. Ularga ish taklif qilgan korxona va tashkilotlar mas’ullari o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shu kuni yarmarkada 200 nafarga yaqin ishsiz fuqaro qatnashib, shulardan 17 nafari o‘z xohish-istagiga binoan ishga joylashtirildi. Shuningdek, 28 nafari o‘zini- o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatga qo‘yildi. Yana 9 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirilib, 4 nafariga dehqon xo‘jaligi ochib berilib, tomorqa faoliyatiga jalb qilindi. Bundan tashqari, o‘ndan oshiq fuqaroga huquqiy maslahat berildi, jami 59 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Bu mehnat yarmarkasi tufayli tumandagi tijorat banklari tomonidan ba’zi mahallalardan saralangan ehtiyojmand oilalar a’zolariga yuk tashish mototsikllari, motokultivatorlar, ayollar va erkaklar sartaroshlik anjomlari, novvoyxona jihozi, tikuv mashinalari va bir necha turdagi miniuskuna imtiyozli kredit asosida shu joyda o‘z egalariga rasmiylashtirib berildi.

Shu kunlarda Buxoro shahrida ish boshlayotgan “ARTEL” maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasi gaz plitasi, mini pech, qoliplash, dudbo‘ron ishlab chiqarish sexlariga ishchilar qabul qilmoqda. Korxona vakillari mazkur bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida qatnashib, ish izlayotgan 18-40 yosh oralig‘idagi oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotga ega, mas’uliyatli va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bilan tushuntirish ishlarini olib borib, ularni ishga taklif qildi. Shu yerda “ARTEL”dan o‘ziga mos ish topgan 20 nafarga yaqin fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi.

09.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar