2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda

Prezidentimizning joriy yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni adliya organlari xodimlarining bu boradagi faoliyat yo‘nalishlarini yanada kengaytirdi, ularning zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yukladi.

Endi adliya idoralari fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishda yangicha tizim asosida ishlashga o‘tmoqda. Maqsad joylarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarni hal qilish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishdir.  

Haftaning chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” deb belgilangani bois, Namangan viloyati adliya boshqarmasi ishchi guruhi mahallalarga chiqib, aholining huquqiy muammolarini uyma-uy yurib o‘rganmoqda.

Jumladan, boshqarma rahbari Dilmurod Ahmedov tomonidan Davlatobod tumanidagi Yuksalish mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishda fuqarolarning kadastr, nafaqa tayinlash, yordam pulini olish, ehtiyotsizlik oqibatida yo‘qotilgan tug‘ilish, nikoh guvohnomalarini tiklash kabi muammolari aniqlandi. Shu joyning o‘zida mas’ullar biriktirilib, murojaatlar adliya bo‘limining ish yurituviga olindi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ismatullayev tomonidan Norin tumanidagi Furqat, Bobur va O‘zbekiston mahallalaridagi “Xonadonbay” o‘rganishlar davomida fuqarolarning muammolariga quloq tutildi. Xususan, fuqaro I.M nabirasida birinchi guruh nogironligi bo‘lsada, qiziga uni parvarishlaganlik uchun nafaqa tayinlash rad qilinganligini aytdi, yana bir fuqaro M. T. nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam so‘radi.

Mingbuloq tumanidagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan madaniyat markazida Majburiy ijro byurosi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda sayyor qabul, ishsiz aholi va yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

--Loyiha doirasida mahallalardagi “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi,-- deydi Namangan viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Foziljon Jo‘raboyev.-- Bundan tashqari, tuman (shahar) adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari, shuningdek, “Madad” NNT xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

12.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar