Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi “Nayman“ mahalla fuqarolar yigʻini aholisi, shuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 11-ekologiya yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat pedagoglar jamoasi hamda mazkur tumandagi “Qoqishtuvon“ mahalla fuqarolar yigʻini ahli Orolga yordam berish maqsadida “Orolga madad“, “Orol muammosini birgalikda bartaraf etamiz“ shiorlari ostida aksiyalar oʻtkazib, saksovul urugʻlarini yigʻib, Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumaniga joʻnatdi.
Joriy yil 23 yanvar kuni dengizning qurigan tubida mehnat qilayotgan minglab mehnatkashlarga ushbu aksiya ishtirokchilari “hormasin“ga yetib keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ekologik harakati va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faollari tomonidan uyushtirilgan mazkur tadbir Orolboʻyi hududida oʻrmonzorlar barpo etishga hissa qoʻshish, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal qilishga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsadida tashkil qilindi.
– Qurigan dengiz oʻrnini oʻrmonlashtirish ishlariga yurtimizdan koʻplab insonlar madad qoʻllarini choʻzish uchun sidqidildan tashabbus koʻrsatmoqda, – deydi Oʻzbekiston Ekologik harakati matbuot xizmati rahbari Erkin Omonov. – Bugun Moʻynoq tumanidan yuzlab kilometr olisda, bepoyon dashtda, qishning qahraton sovuq kunlarida minglab yurtdoshlarimiz buyuk maqsadlar bilan Orol muammosini bartaraf etish yoʻlida mehnat qilmoqda. Biz ham ana shu katta kampaniyaga hissa qoʻshayotganimizdan xursandmiz. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan ushbu ezgu tadbirda 2019 yilda 500 ming gektar maydonga saksovul urugʻi ekilishi rejalashtirilgan, biroq yangi yilning birinchi oyidayoq 100 ming gektardan ortiq maydonga urugʻ sepildi. Bu mehnat gʻalabasi barchani ruhlantirmoqda.
Tadbir ishtirokchilari sahroga saksovul urugʻi ekish boʻyicha oʻtkazilgan ommaviy tadbirda qatnashdi. Hasharchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.
Y.Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |