Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
Respublika ishchi guruhi tarkibiga Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari, vazirlik va idora vakillari biriktirildi.
Natijada tomorqa xo‘jaligini tashkil qilish, «Sayxunobod tajribasi» asosida tadbirkorlikni rivojlantirish va shu kabi boshqa bir qator masalalarga e’tibor qaratildi.
Xususan, «mahallabay» tamoyili asosida hududdagi 403 ta MFYda aholi muammolarini o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Natijada ikki kun ichida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 kilometr asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 5 ta TPlar ta’mirlandi, 31 ta simyog‘och almashtirildi, 20 ta qo‘shimcha ustun o‘rnatildi, 1 kilometrdan ziyod SIP kabellar, 25 ta tungi yoritish chiroqlari yangilandi.
Bundan tashqari. 3 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 1,8 kilometr tarmoq ta’mirlandi. Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 28 ta GRPlar, tabiiy gaz tarmoqlari ta’mirlandi hamda 2 mingdan ziyod suyultirilgan gaz balonlari aholiga yetkazib berildi.
Aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, jami 381 nafar yoshlarga 6,1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlandi.
Muborak Qurbon hayiti kunlari kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, yolg‘iz keksalarga, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga yordamlar ko‘rsatildi. Shu bilan birga, 36 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar topshirildi.
Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 16 ta tumanda jami 180 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 7 nafar bemorga bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi joylarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilashdir.
Ushbu maqsadda «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda joylarda 50 dan ziyod turli tadbirlar tashkil etildi. Xonadon madaniyatini yuksaltirish, oilalarda farzand tarbiyasi, ota-ona va farzand munosabatlari, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish, «Uch avlod uchrashuvlari», ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish, sport tadbirlari shular jumlasidandir.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |