Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, o‘quv ilmiy laboratoriyalari faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Hokim oliygohdagi ilmiy salohiyatni rivojlantirish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, xalqaro tajriba, xalqaro standartlarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etishga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.
Dastlab viloyat rahbari joriy yilda Islom taraqqiyot bankining 171 ming AQSH dollarilik mablag‘lari hisobidan zamonaviy o‘quv- laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan “Issiqlik texnikasi. Termodinamika” o‘quv va ilmiy laboratoriyasini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda viloyat hokimiga institut ilmiy xodimlarining tijoratlashtirish bo‘yicha loyihalari haqida batafsil axborot berildi.
Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniq o‘lchashlarsiz sifatli va xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish mushkul masala. Shuni inobatga olib, institutning tadqiqotchi olimlari tomonidan bir qator ishlar bajarilmoqda. Bunda “Metrologiya” ilmiy-innovatsion laboratoriyasi qo‘l kelmoqda. Botir Zaripov mazkur laboratoriyada ham bo‘ldi. Tadqiqotchi olimlar bilan muloqot qilib, ularning ilmiy innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.
Shuningdek, hokim oliygohdagi registrator ofisini ham borib ko‘rdi.
Institutda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab talabalarga xizmat ko‘rsatish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida registrator ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Natijada o‘quv jarayonini samarali boshqarish, ma’lumotlar aniqligi va o‘z vaqtida talabalar haqidagi kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyati vujudga keldi. Ofis-registratorda barcha sohadagi murojaatlar markazlashgan holda o‘rganilib, hal etiladi. Shuningdek, talabalar, abituriyentlar va ularning yaqinlariga oliy ta’lim tizimidagi dasturlar haqida ma’lumot beriladi. Ushbu markaz to‘liq raqamlashtirilgan, murojaatchilarga qulay bo‘lishi uchun navbatga olish uskunasi orqali elektron navbat olish imkoniyati mavjud.
“Mashinasoz” texnoparki Islom taraqqiyot bankining 445 ming AQSH dollari mablag‘i hisobiga 12 ta zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan. Bu yerda 88 turdagi laboratoriya ishlari bajariladi. Viloyat rahbari mazkur texnopark faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Institut professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchi olimlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat hokimi ilm-fan sohasidagi mavjud muammolar va takliflarni o‘rgandi.
Viloyat hokimi ilmiy salohiyat va mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yo‘naltirish, import o‘rnini bosadigan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish, sohadagi har bir tashkilot tizimida ilmiy mahsulotni bozorbop qiladigan marketing tizimini tashkil qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish, qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga joriy etish dolzarbligi ta’kidlandi.
Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda olimlar fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolar haqida to‘xtaldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |