2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari o‘rganildi

Mamlakatimizda Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan shahrida joriy yil boshidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 4 ming 891 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 ming 555 taga ko‘paygan.  

– Namangan shahar hokimi mas’ul birinchi sektor hududining Madaniy maorif va Yangi qurilish, shahar prokurori biriktirilgan ikkinchi sektor hududi bo‘yicha Diyor va Kurashxona, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i mas’ul uchinchi sektor hududidagi Boburshoh va Zarbdor, shahar soliq inspeksiyasi rahbari biriktirilgan to‘rtinchi sektorning Obod va Alpomish mahallalarida murojaatlar soni sezilarli ravishda oshgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Hasanboy Qosimov. – Aholi tomonidan asosan muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, bolalar nafaqasi, aliment undirish, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlari ob’ektlarini qurish, ta’mirlash, o‘zgartirish, uy-joy bilan ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilash va uy-joyni ta’mirlash hamda qurish uchun yordam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tushgan.  

Namangan shahridagi Madaniy maorif, Yangi qurilish, Kurashxona, Chinor, Objuvoz, Soxibkor va Diyor mahallalarida “Mahalla yettiligi” ishi yaqindan o‘rganildi. O‘rganish yakunida, hududlardagi yettilik xodimlariga “Mahalla-sektor-Xalq qabulxonasi-mahalla” tamoyili asosida ish olib borib, aholi murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish tavsiya etildi.  

09.07.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar