Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari tashkil qilindi. Unda viloyat prokurori, viloyat IIBB boshlig‘i, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda Bojxona boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yuzlab aholi qabul davomida mas’ullar bilan o‘z muammolarini hal qilish borasida suhbatlashdi. Ularning 50 nafari bevosita prokuror qabulida bo‘ldi.
Jarayonda tergov-surishtiruv, sud qarorlari, yer maydonlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi. Kelib tushgan murojaatlarning 47 tasi joyida ijobiy yechim topdi, qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilgani bois ish yurituvga qabul qilindi.
Sayyor qabulda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari ham tadbirkorlarning bojxona sohasiga doir murojaatlarini ko‘rib chiqdi. Murojaatlarning asosiy qismini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi, mavjud to‘lovlardan ozod qilish, imtiyozlar yo‘nalishiga oid masalalarni tashkil etdi.
Qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov tomonidan ko‘rib chiqildi. Jarayonda aholining IIO xizmatiga qayta tiklash va xizmatga kirish, tergov, probatsiya xizmati, fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa shu turdagi 30 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonida va muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, viloyat soliq boshqarmasi mutasaddilari ham fuqarolar bilan suhbatda elektr energiyasi, ichimlik suvi, bolalar maydonchasini qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish, bandlikni ta’minlash kabi ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqdi. Ayrim masalalar bo‘yicha shu yerning o‘zida qanoatlantirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |