Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish davlat idoralari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilar bilan muloqot tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni vaqtda joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur o‘rgangan holda tegishli chora ko‘rishning vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jamiyat boshqaruv raisi Ma’rufxon Xo‘jayev ishtirokida Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 170 dan ziyod fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar ko‘rib chiqildi.
– Mahallamizga 2009 yilda loyiha asosida tabiiy gaz tarmog‘i tortilgan. To‘rt yilgacha “zangori olov”dan foydalandik xolos, – deydi Namangan tumanidagi “Qoratepa” MFY raisi Davron Bozorov. – Yetti mingdan ortiq mahalladoshlarimiz ayniqsa, qishning izg‘irin kunlarida qiynalmasliklari uchun to‘xtab qolgan ta’minotni tiklash masalasida “Hududgazta’minot”ga murojaat qildik. Mazkur muammo joyida o‘rganib ijobiy yechim topilishi aytib o‘tildi.
Fuqaro Ahmadjon Hojidadayev Namangan shahrining Marg‘ilon mahallasiga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu muammo ham joyida bartaraf etilib, “Marg‘ilon” MFYga suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlar yetkazib berildi.
Muloqot davomida yig‘ilganlarga tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalari eslatib o‘tildi. Tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |