Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Prezidentning Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bu o‘z o‘rnida fuqarolarning muammolariga yechim topishda katta imkoniyat yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning eng samarali va tizimli faoliyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
– 2024 yilning ikkinchi choragi davomida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasi orqali fuqarolardan 401 ta murojaat kelib tushgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Karimov. – Shundan 200 tasi, ya’ni 50 foizi ijobiy hal etilgan. Qolgan 103 tasiga huquqiy maslahat, 61 tasiga tushuntirish berilgan. Tugatilgan 9 ta, rad etilgan 5 ta, ko‘rmasdan qoldirilgan 1 ta va qolgan 22 ta murojaat ko‘rib chiqilishi uchun jarayonda bo‘lgan.
– Tashkilot rahbarim bilan o‘zaro kelishmaganligim sababli 2023 yil 17 mart kuni ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozib, shu yilning o‘zida 5 aprel kuni arizani bekor qilish to‘g‘risida qayta ariza yozdim. O‘rtada nizo chiqib masala FIB Kogon tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqildi, – deydi Qorovulbozor tuman “Bo‘zachi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Feruz Nurov. – Mening foydamga sud tomonidan tegishli qaror chiqarilgan bo‘lsada, tashkilot tomonidan ishlagan ish kunlarim uchun ish haqimni to‘lamay kelayotganligini bayon qilib, ish haqlari undirilishi masalasida amaliy yordam so‘rab tuman Xalq qabulxonasiga murojaat yo‘lladim. Murojaatim tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganib ijobiy hal etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan aksariyat murojaatlar tuman darajasida hal etiladigan toifasiga kiradi. Bu o‘rinda bevosita mahallalarda “mahallabay” o‘tkazilayotgan sayyor ommaviy qabullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli ham bugungi kunda tuman Xalq qabulxonasi hamda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan, hokim yordamchilari ishtiroki ta’minlangan holda har hafta sektorlarga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida tasdiqlangan reja jadval asosida muntazam ravishda fuqarolarning sayyor va ommaviy qabullari hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinadi. Ushbu tadbirlarda asosiy e’tibor fuqarolarni hozirgi kunda qiynayotgan turli sohalardagi muammolarni zudlik bilan aniqlash hamda yechimini topishda ko‘maklashishga qaratilmoqda.
Jumladan, 2024 yilning 2-choragi davomida tuman Xalq qabulxonasi sektorlar va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida 136 ta sayyor qabul o‘tkazildi. 1319 nafar fuqaro qatnashib, ulardan bandlik, oliy ta’lim, xalq ta’limi, sud ijrosiga oid, sog‘liqni saqlash, bolalar nafaqasi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kredit olish, davlat xizmatlari faoliyati, moddiy yordam, qurilish sohasi, dori-darmon, oiladagi nizolar, soliq to‘lovlari, gaz, suv, elektr va issiqlik ta’minoti, yo‘l qurilish, obodonlashtirish va boshqa masalalarga oid jami 287 ta murojaat qabul qilingan.
Qabul qilingan 287 ta murojaatning 213 tasi ya’ni 74 foizi ijobiy hal qilingan. 27 tasiga huquqiy tushuntirish, 20 tasiga asosli tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 27 tasi o‘rganish jarayonida bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha aholi murojaatlari bilan ishlash davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan korxona va tashkilotlarning natijalari yuzasidan Xalq deputatlari Kengashlariga har chorak yakuni bo‘yicha hamda tumandagi hokim yordamchilari faoliyati haqida har oyda axborot kiritilib, sektorlar, hududdagi tashkilot rahbarlarining faoliyati, ularning murojaatlar bilan ishlash holati Kengashda muhokama qilinib kelinmoqda.
Bugungi kun mos davriga ko‘ra jami 12 ta axborot kiritilgan bo‘lib, barchasi tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilinib tegishli qarorlari qabul qilingan.
– Tashkilot va idoralarda aholi muammolari, murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilish, mavjud kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan amaliy choralar belgilanishi va ijro etilishini nazoratga olish maqsadida joriy yilning 6 oyida, davlat organlari va tashkilotlariga jami 24 ta ko‘rsatma yuborilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Karimov. – Shu bilan birga sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha 1 ta va aholi muammolari hamda murojaatlari bilan ishlashda qonun talablari buzilish holati yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida 1 ta, jami 2 ta taklif kiritilgan.
Shu bilan birga qonun va farmon talablari ijrosining buzilishiga hamda murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga jami 4 ta ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilgan.
Ushbu taqdimnomalarga ko‘ra tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |