2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalarning ichki sharoiti va imkoniyatlari o‘rganilib, muammolar hal etilmoqda

Yurtimizda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganib hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘qon shahrining 21 ta mahallasida olib borgan o‘rganishlari natijasida kelib tushgan 468 ta masala bo‘yicha murojaatning 72,8 foizi qisqa muddatlarda bartaraf etildi. 

Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 32 ta ijtimoiy soha ob’ekti atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan 17 ta muammoli masaladan 8 tasi tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qolgan ob’ektlarda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. 

Shuningdek, ichki yo‘llar va aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilanib, yangi SIP kabellar tortildi. Gaz ta’minoti bo‘yicha GRP ta’mirlanib, gaz tarmoqlari yangilandi. Murojaatga ko‘ra, ehtiyojmand xonadonlarga qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minoti uchun esa nasoslar yangilandi. 

«Mahalla yettiliklari» bilan hamkorlikda «Sayxunobod tajribasi» asosida 127 ta mikroloyiha amalga oshirilib, yuzdan ziyod aholi doimiy ish bilan ta’minlandi. 

Bank vakillari ishtirokida «Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash», «Oilaviy tadbirkorlik» dasturlari doirasida 2.6 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Yuz nafar fuqaroga «Biznesga birinchi qadam» dasturi doirasida 1.2 milliard so‘m miqdorida imtiyozli mikroqarz ajratib berildi. 

Mahallalarning ichki sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda fuqarolar bandligi ta’minlandi, xususan, 7 nafarining tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan 103 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Og‘ir sharoitda yashayotganlarning xonadoni ta’mirlanib, 16 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, 50 nafari oziq-ovqat mahsulotlari va 136 nafari bepul dori-darmonlar, nogironlik aravachalari bilan ta’minlandi. 159 nafar fuqaro profilaktik-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 7 nafariga davolanish uchun bepul order berildi. 

«Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan 16 nafar xotin-qizga jami 10 million so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Shuningdek, Respublika ishchi mas’ullari va «mahalla yettiligi» ishtirokida 40 ta ajrim yoqasidagi oilani yarashtirish choralari ko‘rilib, 35 ta notinch oiladagi nizolar bartaraf etildi, 4 nafar fuqaroga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya orderi berildi. 

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda. 

03.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar