Samarqand viloyati hokimining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand shahrida o‘tkazildi.
Fuqarolarning murojaatlarini viloyat hokimi bilan birgalikda viloyat sektorlar rahbarlari, hokimning o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, Xalq qabulxonalari mudirlari tinglab, masalalarga yechim topildi.
Murojaatlar turli xil bo‘lib, mahalla, qishloq, ma’lum bir hududdagi infratuzilma, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar qatorida moddiy yordam, ijtimoiy himoya, salomatlikni tiklash, bepul uy-joy, alimentni undirish so‘ralgan masalalar ham ko‘p bo‘ldi. Hatto, ayrim fuqarolar xorijga ishga borish uchun viza olib berish, merosni bo‘lish, oilaviy nizolarni hal etishda ham hokimdan yordam so‘radi.
Samarqand tumani Urganji mahallasida yashovchi fuqaro Tolibjon Nabiyev qabristonga olib boradigan yo‘lni asfalt qilish yuzasidan murojaat qildi. Fuqaroga 2021 yildan boshlab “Ochiq byudjet” portali ishga tushirilgani u orqali fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, jumladan ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha loyihalarni taklif etib, loyihalarga ovoz berishlari mumkinligi va shu orqali yo‘lni ta’mirlashlari mumkinligi tushuntirildi. Shunga qaramay mutaxassislar ko‘rsatilgan manzilga borib vaziyatni o‘rganib yordam berishi aytildi.
Samarqand shahar G‘ulom Karimov ko‘chasidagi 9-uyda yashovchilar vakillari uy yerto‘lasidagi nosozlik tegishli tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmayotgani uchun ko‘mak so‘rab kelganlarini aytishdi. Mas’ul tashkilotlarga masalani joyida o‘rganish va muammoni hal etish topshirildi. Shu bilan birga bu uyga hokim borib, o‘zi holat bilan tanishishi bildirildi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaat ro‘yxatga olinib, ko‘tarilgan masalalarni hal etishga mas’ullar va muddat belgilandi. Hokimlik vakolatiga tegishli bo‘lmagan, boqimandalik kayfiyatidagi murojaatlar rad etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |