2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammo va murojaatlari bilan ishlash holati yaxshilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali joriy yilda Buxoro viloyati aholisidan 35 mingtaga yaqin masalaga oid murojaat kelib tushgan. Ularda asosan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, aliment undirish, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, mahalla ichki yo‘llarini qurish, ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash masalalari ko‘tarilgan.

– Viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi, –deydi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Ma’mur Rahmonqulov. – Xususan, viloyat, tuman va shahar tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilgan bolalar nafaqasi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, aliment undirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarning 13 ming 101 tasi ijobiy hal etildi. Viloyat, tuman va shahar sektorlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan 9 ming 899 ta murojaatning 6 ming 835 tasi ijobiy hal etildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 31 may – 1 iyun kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha viloyatdagi murojaatlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda sektorlar va respublika ishchi guruhi a’zolari bilan hamkorlikda boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etildi.   

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning tashabbusiga ko‘ra aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida joriy yilning 7 iyun sanasidan viloyat hokimining telegrambot kanali ishga tushirildi. Natijada Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni kamaydi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali bilan hamkorlikda viloyatda murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida eng ko‘p murojaat tushgan 20 ta soha rahbarlarining faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, umuman olganda Buxoro viloyatida har bir mas’ul rahbarning aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash holati sifat jihatdan yaxshilanmoqda.

– Qilingan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham bor, – deydi bosh mutaxassis Ma’mur Rahmonqulov. – Aholi murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi, muammosi hal etilmaganligi natijasida 4 ming 990 ta takroriy murojaat kelib tushgan. Bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 7,5 foizga ko‘p. 

Hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha 1 204 ta masalaga oid murojaat kelib tushgan. Ular asosan daftarlar bilan bog‘liq muammolar, hokim yordamchisidan tikuv mashinasi olish uchun tavsiyanoma va hokim yordamchisining xatti-harakatlari masalalaridan iborat. Hokim yordamchilarining xatti-harakatlari bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar aksariyat hollarda, hokim yordamchilari qo‘pol muomalada bo‘lganligi, kredit ajratish va vakolatiga taalluqli masalasini hal qilib bermaganligidan norozi bo‘lib yo‘llangan.

Xalq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish hamda tahlillarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 194 ta taqdimnoma, 77 ta taklif hamda Xalq deputatlari Kengashlariga 106 ta axborot kiritildi. Kiritilgan hujjatlarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 161 nafar xodimi ogohlantirildi, 53 nafar xodimiga nisbatan “hayfsan”, 4 nafar xodim oylik ish haqidan jarimaga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 21 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 12 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Muammo borki fuqarolar murojaat qiladi, aksariyat fuqarolar dastlab mahallaga, tuman rahbarlariga murojaat qiladi. Ba’zi mas’ullarning e’tiborsizligi natijasida fuqarolar o‘z muammolari bilan Davlat rahbariga va yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

07.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar