2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolarini hal etish borasidagi harakatlar davom etmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Farg‘ona viloyatida davom ettirmoqda.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi guruh Qo‘qon shahrining 19 ta mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish, hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlarni olib bormoqda.

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aholi tomonidan 1,1 mingdan ziyod masala bo‘yicha murojaat kelib tushgan, ularning deyarli 50 foizga yaqini qisqa muddatlarda bartaraf etildi.

Jumladan, murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 13 ta ijtimoiy soha ob’ektlari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan 16 ta muammoli masala bo‘yicha ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari, ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, 10 kilometrga yaqini shag‘allashtirildi. Xonadonlarning elektr ta’minotini yaxshilash uchun 1 ta yangi TP o‘rnatilib, 3 tasi ta’mirlandi, yo‘l bo‘ylariga yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.

«Mahalla yettiliklari» bilan hamkorlikda «Sayxunobod tajribasi» asosida 5 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, natijada 100 ga yaqin fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Prezident Xalq qabulxonasi va «mahalla yettiligi» tavsiyasi bilan «Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash», «Oilaviy tadbirkorlik» hamda «Biznesga birinchi qadam» dasturlari doirasida 73 nafar fuqaroga 1.4 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit va mikro qarzlar ajratib berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan 509 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga manzilli yordam ko‘rsatildi. Xususan, og‘ir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni ta’mirlab berilmoqda, moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 130 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar, 14 nafariga nogironlik aravachalari yetkazildi, 39 nafariga davolanish uchun bepul order berildi.

Respublika ishchi guruh mas’ullari va «mahalla yettiligi» ishtirokida 59 ta ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi, 50 ta notinch oilalardagi nizolarga barham berildi, 10 nafar fuqaroga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya orderi berildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

08.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar