2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Murojaatdan – daromadga» loyihasi: besh yuzdan ziyod ehtiyojmand oilaga Prezident sovg‘alari topshirildi

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbaini shakllantirish va shu asosda turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.

«Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida Surxondaryo viloyati Denov shahrida tashkil etilgan «Murojaatdan – daromadga» loyihasining navbatdagi bosqichi ham shunday ezgu niyatlarga qaratildi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Xalq qabulxonalariga moddiy yordam masalasida murojaat qilgan ehtiyojmand, ishsiz ayollarga Prezident sovg‘alari – tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi.

Xususan, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun tumanlarida 100 tadan, Sho‘rchi tumanida 105 ta, jami 505 nafar ayolga tikuv mashinalari berildi.

Shu bilan birga, har bir ayol o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib olishi uchun mahallasidagi yetakchi chevar tadbirkor ayollarga biriktirilib, ularning faoliyati nazoratga olindi. Ya’ni, Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar va «mahalla yettiligi» har bir kooperatsiya ish jarayonini doimiy monitoring qilib boradi. Tikuv mashinasi ajratilgan  murojaatchilarning avval barqaror daromadga chiqib, so‘ng yaqin uch-to‘rt yil ichida o‘z oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishigacha yaqindan yordam beriladi.

Bundan tashqari, 250 nafarga yaqin ishsiz fuqaroga subsidiya asosida motokultivator, pishiriq pechlari, sartaroshlik uskunalari kabi qator mehnat jihozlar topshirildi. Shu tariqa yuzlab oilalarning daromadi shakllandi, ro‘zg‘origa fayz-baraka kirdi.

Tashkil etilgan mazkur tadbir katta festivalga aylandi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda turli ko‘rgazmalar, yarmarkalar hamda sport musobaqalari ham tashkil etildi.

Jumladan, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Istiqbol mahallasida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda 1500 dan ortiq 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida «Armiyam – faxrim» shiori ostida harbiylarning chiqishlari, ko‘rgazmalari hamda turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Erishayotgan yuqori natijalari, tashabbuskorligi va fidoyiligi uchun bir guruh yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

13.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar