Hozir barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Muammolarni hal etishning yana bir samarali usuli bu aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va joylarning o‘zida ularni dardini tinglashdan iboratdir. Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida 16 ming 23 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 14 ming 664 tasi qonuniy hal qilinishi ta’minlangan.
Jumladan, aliment undirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlardan so‘ng 2 ming 809 nafar fuqarolarning huquqlari tiklanib, undiruvchilarga 5 milliard 190 million so‘m, fuqarolarga qarz va zarar undirish yuzasidan esa 6 milliard 264 million so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan. Bundan tashqari, kompensatsiya undirish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha 4,2 milliard so‘m pul mablag‘lari qoplangan.
Xususan, Bo‘stonliq tumanidagi “Xo‘jakent” dam olish maskani hududida tashkil etilgan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatining navbatdagi sayyor qabulida, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Orif Bozorov tomonidan murojaatchilar qabul qilindi. Ularning aksariyati aliment, qarz undirish, kompensatsiya va boshqa turdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi. Bulardan 8 tasi aholiga bo‘yicha tushuntirish berildi. Qolganlari nazoratga olindi. Bu kabi sayyor qabullar viloyatda davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |