2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim bulung‘urlik yoshlarni tingladi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi Bulung‘ur tumanida o‘tkazildi.

Esonturdi mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda tumanda yashovchi yigit-qizlar bilan birga, ayni paytda xorijda o‘qiyotgan yoki ishlayotgan yoshlar ham ishtirok etdi.  

Viloyat hokimi yoshlar bilan muloqotda ularni o‘ylantirayotgan masalalar haqida gapirib, bulung‘urlik yoshlarning o‘qishi, ishlashi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun qanday sharoit va imkoniyatlar yaratish zarurligini so‘radi.  

Shundan so‘ng uchrashuv qatnashchilari turli masalalar yuzasidan viloyat rahbariga murojaat qildi. Murojaatlar shaxsiy masalalardan ko‘ra ko‘proq hudud infratuzilmasini yaxshilash, sport majmualari, madaniyat va san’at muassasalarida yoshlar uchun qulayliklar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bandlik bilan bog‘liq bo‘ldi.  

– Biz yashaydigan hudud mahalla markazidan ancha olisda, – deydi G‘o‘bdin mahallasida yashovchi Umida Farmonqulova. – Maktabga qatnash, ayniqsa, qish oylarida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Yo‘lda soatlab vaqtimiz ketadi. Agar bizning qishlog‘imizda ham maktab qurilsa, o‘quvchilar uchun qulay bo‘lardi.

Viloyat hokimi qishloqda maktab qurishdan ko‘ra, o‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi va ushbu masala yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar hal etilishi aytildi.  

Sitora Nasimovaning tumandagi musiqa va san’at maktabi zalini ta’mirlash bo‘yicha murojaati ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi, mutasaddilarga bu borada topshiriq berildi. Mirkomil Ikromovga esa mahallasida o‘quv markazi tashkil etishi uchun yordam ko‘rsatilishi belgilandi.  

E.Turdimov xorijdagi bulung‘urlik yoshlar bilan ham muloqot qilib, ularning o‘qishi, yashashi bilan qiziqdi.

Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk shahridagi oliy o‘quv yurtini bitirib, hozir magistraturaga hujjat topshirgan Javohir Alimqulov imkoni bo‘lsa o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash niyatida ekanligini aytdi.

Viloyat hokimi Javohirga o‘qishni ko‘chirish belgilangan tartib asosida amalga oshirilishini,  agar yurtimizga kelib ishlamoqchi bo‘lsa, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.  

Bundan tashqari, uchrashuv davomida 51-maktab sport zalini ta’mirlash, “Humo” istirohat bog‘ida attraksionlar o‘rnatish, 2-maktabda xalqaro standartlar asosida nemis tilini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, Xo‘jamazgil mahallasidagi sport maydonchasida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga doir murojaatlar ijobiy hal etildi.

11.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar