2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir mahalla, har bir ko‘chada bunyodkorlik

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga

Bugun yurtimizni kezib, mahallalarda bo‘lsangiz, deyarli har bir ko‘chada qurilish qilayotgan xonadonlarga ko‘zingiz tushadi. Yangidan- yangi  inshootlar, ko‘p qavatli turarjoy binolari, yangi yo‘l va ko‘priklar qurilayotgani, suv va elektr tarmoqlari tortilayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Bu, albatta, xalqning farovon turmush kechirish istagi bilan birga iqtisodiy imkoniyati kengayayotgani, o‘z navbatida davlatning yangi qurilishlarni amalga oshirishga mablag‘i yetayotganidan dalolat beradi.

Ayni chog‘da Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida ham ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Samarqand shahridagi Qorasuv massivida yangi shaharcha paydo bo‘lgani, Eshkak eshish kanali atrofida ulkan xalqaro turistik markaz qurilgani, yo‘llar, kommunikatsiya tarmoqlari tartibga kelib qolgani, Urgut va Bulung‘ur tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilib, nomiga mos tarzda yangicha turmush bo‘y ko‘rsatganiga ko‘p bo‘lmadi. Keyingi 6-7 yil ichida amalga oshirildi bu ishlar.  

Bunday o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari Bulung‘urdan Paxtachigacha, Urgutdan Qo‘shrabotgacha – viloyatning barcha hududlarida olib borilmoqda.

– O‘tgan yili viloyatimizda investitsiya dasturi doirasida 1 trillion 190 milliard so‘m mablag‘lar ajratilib, 194 ta ob’ektda qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil 1,5 trillion so‘m mablag‘ sarflanib, 244 ta ob’ekt bunyod etilmoqda, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Shukurov. – Jumladan, 32,2 ming o‘quvchi o‘rinli 106 ta umumta’lim maktabi, 27 ta maktabgacha ta’lim, 4 ta oliy ta’lim, 10 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Yil boshidan buyon 371 milliard so‘m mablag‘ evaziga 663 kilometr yo‘l rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. Yil yakuniga qadar yana 508 kilometr ichki ko‘chalar asfalt qilinishi, 1000 kilometrdan ziyod ko‘chalarga shag‘al yotqizilishi, 5 ta yangi ko‘prik qurilib, 18 tasi ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro moliya muassasalari mablag‘lari hisobidan Samarqand shahrida bitta yo‘l o‘tkazgich qurilib, ikkinchisida ishlar davom etmoqda. Amir Temur, Gagarin ko‘chalari rekonstruksiya qilindi.  

Viloyat aholisining ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash maqsadida yilning birinchi yarmida 35,8 kilometr suv tarmoqlari qurildi, 35 dona nasos energiya tejamkorlariga almashtirildi.  

Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanida 20 kilometr suv tarmog‘i tortilib, 4 dona yangi suv nasosi o‘rnatilishi va 8 ta suv nasosi ta’mirlanishi hisobiga tumandagi uch mahallada 1,5 mingdan ziyod aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 2 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

Davlat dasturlari hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yil yakuniga qadar viloyatda 8 ta yangi suv inshooti va 193 kilometr suv tarmoqlarini qurish, 2 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 150 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 81,9 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanib, markazlashgan suv ta’minoti 74,5 foizdan 78,6 foizga yetkaziladi.

Bu haqda gap borganda, yirik loyihalardan biri sifatida Nurobod tumanidagi “Nurobod-Damxo‘ja” suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish va 95,8 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortilayotganini qayd etish lozim. Bu ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, viloyatning suv ta’minoti eng muammoli bo‘lgan hududi hisoblangan Nurobod tumani markazi, tumanning Nurbuloq, Po‘latchi, Sho‘rchi, Yuksalish, Omonboy, Kechkeldik, Nurdum, Sharq yulduzi, Achamayli, Yangiqishloq, Mash’al, Madaniyat, Sho‘robod va Qilichli mahallalaridagi 18,5 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.  Kattaqo‘rg‘on tumani markazida 32,7 kilometr oqova suv tarmog‘i va 2 ta nasosni qurish hisobiga tumandagi 7500 aholi ilk bor oqova xizmati bilan ta’minlanadi.

– Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 6 oy davomida 160 kilometr elektr tarmoqlari qurilib, 86 dona transformator, 5165 dona temir-beton ustun o‘rnatildi, – deya so‘zida davom etadi A.Shukurov. – Birgina Ishtixon tumanida 18 kilometr elektr uzatish tarmog‘i tortilib, 8 ta transformator punkti va 1177 dona temir-beton ustun qo‘yildi va 16 mingdan ziyod aholining elektr ta’minoti yaxshilandi. Bundan misollarni barcha tuman, shaharlar bo‘yicha keltirish mumkin. Vaholanki, yaqin yillarda bitta transformatorni yangisiga almashtirish yoki eski simyog‘ochlar o‘rniga o‘ntagina yangi temir-beton tayanch o‘rnatish ham muammo edi. Bu boradagi ishlar davom ettirilib, yil yakuniga qadar 200 kilometr elektr tarmoqlari yangidan quriladi, 60 dona transformator punkti va 5 mingdan ziyod temir-beton ustunlar o‘rnatiladi. Hududlarda 8 ta yangi podstansiya qurilib, 288 MVt yangi quvvatlar yaratiladi.

Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida o‘tgan yili viloyatimizda 10 mingdan ziyod xonadonli uylar foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, joriy yilda 11 ming 300 xonadonli 182 ta ko‘p qavatli uyda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bulung‘ur va Urgut tumanlaridagi “Yangi O‘zbekiston” massivlari qatoriga bu yil Samarqand shahridagi Qorasuv va Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallalari ham qo‘shildi. Ushbu hududlarda ham ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi.

Yangi uy-joylar qurilishi bilan birga mavjud ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, ushbu xonadonlarda ham alohi uchun zamonaviy turmush sharoitlari yaratish e’tibordan chetda qolgan emas. Joriy yilda viloyat bo‘yicha 183 ta ko‘p kvartirali uy mukammal va joriy ta’mirlanmoqda. Jumladan, 93 ta uyning tom qismida va 94 ta uyning fasad qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

09.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar