Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaini shakllantirish va shu asosda turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgan “Murojaatdan — daromadga” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari - Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga moddiy yordam masalasida murojaat qilgan ehtiyojmand, ishsiz ayollarga Prezident sovg‘alari – tikuv mashinalari hamda turli uskuna va anjomlar tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan, loyiha asosida Qamashi, Ko‘kdala, Chiroqchi, G‘uzor, Dehqonobod hamda Yakkabog‘ tumanlarida 120 nafardan ziyod xotin-qizga tikuv mashinalari va sutni qayta ishlash uskunalari olib berildi.
Tikuv mashinalari ajratilgan har bir murojaatchi o‘z mahallasidagi tajribali yetakchi tadbirkorlarga biriktirilayotgani loyiha hayotiyligi va samaradorligini ta’minlovchi asosiy omildir. Deylik, G‘uzorning eng chekka hududlaridan biri Taxam qishlog‘ida yashovchi Olmagul Elmurodova ham 4 nafar yangi chevarni yoniga olib, faoliyatini yanada kengaytirdi.
Prezident Xalq qabulxonasi ko‘magida Chiroqchining tog‘li Tarag‘ay qishlog‘ida ham yangi tikuv sexi ish boshladi. Tarag‘aylik 10 nafar ishsiz ayol Gulchehra Rahmatova bilan kooperatsiya tashkil qilib, mavsumiy liboslar tayyorlashga kirishdi.
“Murojaatdan – daromadga” loyihasi doirasida Qarshi, Kasbi, Nishon tumanlaridagi ko‘makka muhtoj qariyb 40 ta oilaning tomorqasidan yanada samarali foydalanib, daromad olishi uchun quduq va nasoslar ishga tushirildi. Aytaylik, Nishonning Navbahor mahallasidagi boquvchisini yo‘qotgan Gulsara Shodmonova va ijtimoiy himoyaga muhtoj Oyzira Yangiboyeva tomorqalariga ham obi hayot chiqarib berilgach, ularning ro‘zg‘origa baraka kiryapti.
Shuningdek, Dehqonobod, Shahrisabz, Muborak, Kitob, Koson kabi tumanlardagi ehtiyojmand 44 ta oilaga parranda go‘shti va tuxum yetishtirishi uchun tovuqlar yetkazib berildi.
Umuman, birgina “Murojaatdan – daromadga” loyihasi bilan viloyatdagi 200 dan ziyod xonadonning daromad topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratildi. Shu tariqa yuzlab oilalarning ro‘zg‘origa fayz-baraka kirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |