2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Adliyadan xotin-qizlarga ko‘mak

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning avgust oyida "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" xuquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash va ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan aksiya doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan uyma-uy yurish, sayyor qabullar, “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari, mehnat yarmarkalari, xotin-qizlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, xotin-qizlar huquqlariga rioya etilishi holati yuzasidan o‘rganishlar tashkil etilmoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, aksiya doirasida shu paytgacha viloyatdagi adliya organlari tomonidan xotin-qizlar uchun 70 dan ortiq ommaviy sayyor qabul tashkil etilgan. Bu tadbirlarga 1400 nafardan ortiq xotin-qiz jalb qilinib, 195 nafar ayolning huquqiy himoyasi ta’minlangan. 420 nafardan ortig‘iga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatilib, 269 nafarining muammolari ijobiy hal etilgan. Ish yurituviga qabul qilingan 114 ta murojaatning 44 tasi qanoatlantirilgan.

– Ochig‘ini aytish kerak, mamlakatimizda ijtimoiy munosabatlar sohasida yuz berayotgan barcha yangilanish jarayonlari muayyan qiyinchiliklarsiz kechmaydi, – deydi Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorov. – Ayniqsa xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlariga ham yo‘l qo‘yilayotgani aksiya doirasidagi o‘rganishlar va kelib tushayotgan murojaatlarda o‘z aksini topmoqda. Masalan, mazkur aksiya davomida xotin-qizlar manfaatlariga oid 1074 ta qonunbuzilishi aniqlandi. Ular ijtimoiy to‘lovlar, mehnat va bandlik, ta’lim, mulk huquqlari, bank-kredit, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga tegishli. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli idoralarga 18 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif, 4 ta da’vo ariza, 4 ta ogohnomalar kiritilib, natijada 267 ta hujjat bekor qilindi. 1 nafar mas’ul intizomiy, 5 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Qo‘shrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida ishlovchi fuqaro A.Chilmanova shu yilning mart oyida mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lishiga qaramay, shu paytga qadar ta’til puli to‘lab berilmayotgan ekan. Uning adliyaga murojaatidan so‘ng masala ikki kunda o‘z yechimini topdi.  

Qo‘shrabot tumanida bugungi kunda 69 ming nafardan ortiq xotin-qiz istiqomat qiladi. Tuman adliya bo‘limi tomonidan huquqiy tadbir tashkil etilib, hudud xotin-qizlarining murojaatlari tinglandi.  

Sog‘liqni saqlash vazirining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 200-son buyrug‘iga asosan maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari bir yilda 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360-moddasi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonun”ning 6-moddasida xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, tumandagi 33-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan tuman sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi bo‘limi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun asossiz ravishda to‘lov talab qilgan. Vaziyatga tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan bepul tibbiy ko‘rik ta’minlandi.  

21.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar