2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Minglab oilalarning muammolari hal etilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Farg‘ona viloyatida davom ettirmoqda.

Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi guruh Qo‘qon shahrining 78 ta mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish hamda hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda.

Prezident Xalq qabulxonasi hamda qator vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aholi tomonidan 4,2 mingdan ziyod masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 71 foizga yaqini bartaraf etildi.

Jumladan, murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 071 ta ijtimoiy soha ob’ekti atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan 691 ta muammoli masalalardan 352 tasi tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qolganlari bo‘yicha ta’mir va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, ichki yo‘llar holatini yaxshilash uchun 10 kilometr masofada asfaltlashtirish va shag‘allashtirish ishlari olib borildi. Aholi xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 36 ta transformator punkti ta’mirlandi, 200 ga yaqin yangi beton ustun o‘rnatildi, 5,2 kilometr uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

Gaz ta’minotini talab darajasiga keltirish uchun 518 ta GRP ta’mirlandi, 7,4 kilometr gaz tarmoqlari yangidan tortildi, 5,5 mingga yaqin xonadonga qo‘shimcha suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Ichimlik va oqova suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 400 ta nosozliklar joyida bartaraf etildi.

Shu bilan bir qatorda, ko‘p qavatli uylarning  tom qismi,  fasadi, yerto‘lasi va kirish yo‘laklari, tungi yoritish chiroqlari ta’mirlandi.

«Mahalla yettiliklari» bilan hamkorlikda «Sayxunobod tajribasi» asosida 232 ta mikro loyiha amalga oshirildi. Natijada 300 dan ziyod fuqaro doimiy ish bilan band qilindi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank vakillari bilan hamkorlikda hokim yordamchilari tavsiyasi asosida «Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash», «Oilaviy tadbirkorlik» dasturlari doirasida 311 nafar fuqaroga 9,3 milliard so‘m, «Biznesga birinchi qadam» loyihasi asosida 4,5 milliardga yaqin imtiyozli kredit va mikro qarzlar ajratib berildi.

Bundan tashqari, «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda mahallalarning ichki sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 327 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlandi, 130 nafarining tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi, jamoatchilik asosida 243 nafari doimiy ishga joylashtirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan 2 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 71 nafar og‘ir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni bepul asosda ta’mirlash ishlari boshlandi, 343 nafariga moddiy yordamlar ko‘rsatilib, 1 009 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari va 564 nafariga bepul dori-darmonlar yetkazildi. Ehtiyojmand bemorlar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi, nogironlik aravachasi va davolanish uchun orderlar berildi.

«Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan 300 ga yaqin fuqaroga 458 million so‘m miqdorida yordamlar ham ko‘rsatildi.

Oila muqaddas qo‘rg‘ondir. Shu bois Respublika ishchi guruhi mas’ullari va «mahalla yettiligi» ishtirokida 156 ta ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi, 200 dan ziyod notinch oilalardagi nizolarga barham berilib, lozim bo‘lgan fuqarolarga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya orderi berildi.

Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi faoliyati davom etmoqda.

23.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar