2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mamlakatimizda "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi

Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha mahallalarida hashar tadbirlari boshlanib ketdi.

Xalqimizga xos bo‘lgan do‘stlik, birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlar hashar kunlarida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.

Yana bir necha kundan so‘ng mustaqilligimizga 33 yil to‘lishi munosabati bilan bayramni keng nishonlaymiz. "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida boshlangan mazkur umumxalq xayriya hashari eng ulug‘ va eng aziz ayyomni ko‘tarinkilikda kutib olish uchun o‘ziga xos tayyorgarlikdir.

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan har bir mahallada amalga oshiriladigan vazifalar "ko‘chabay" va "xonadonbay" belgilab olindi.

Uyushma Axborot xizmati rahbari Jobir Asqarovning ta’kidlashicha, ikki kun davomida mahallalarni obodonlashtirish yo‘nalishida — 10,8 ming gektardan ortiq maydon obodonlashtiriladi, 13,2 ming tonnadan ziyod chiqindilar chiqarib tashlanadi, 6,3 ming km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalanadi. Yoshlarni jalb etgan holda 9 ming 948 ta qabriston obodonlashtiriladi va ta’mirlanadi. 495 ta ziyoratgoh va 54 mingdan ortiq ko‘cha tartibga keltiriladi. 3,1 mlndan ziyod daraxt oqlanib, ularga shakl beriladi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida 9 ming 713 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlab beriladi. 16 ming 667 ta kam ta’minlangan oilalarning tomorqa maydonlariga ekinlar ekiladi. 25 ming 764 nafar ehtiyojmand oilalar, shu jumladan 9 ming 18 nafar nogiron va yolg‘iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, hashar kuni jamoatchilik vakillari ishtirokida 200 ga yaqin maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalla binolari, bolalar sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirildi.

Umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi va uning hududiy boshqarmalarida shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular tomonidan umumxalq xayriya hasharining borishi muntazam monitoring qilib boriladi.

Bugun erta tongdan havo ham hasharga mos bo‘ldi. Barcha yurtdoshlarimiz, mahallalar, mehnat jamoalari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

24.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar