Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni bu ulug‘ ayyom bilan tabriklab, nutq so‘zladi:
– Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz. Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli Jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik. Bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.
Har bir ish, har bir yutuqda istiqlolning buyuk qudrati yorqin namoyon bo‘layotgani, Vatanimiz dunyoga, dunyo esa yurtimizga keng ochilayotgani ta’kidlandi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’tirof etganidek, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotimiz ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Jahon banki bu yil mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 5,3 foizga o‘sishini prognoz qildi.
Barcha islohotlarning ruhi va mazmuniga “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan ezgu g‘oya chuqur kirib bormoqda. Joriy yil sentyabr oyidan pensiya va nafaqalar miqdori, oktyabr oyidan esa byudjet xodimlari, shifokorlar va pedagoglar maoshi oshirilmoqda.
Tizim va e’tibor barcha sohalarda o‘z natijalarini bermoqda. Yoshlar mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu sportda ham namoyon bo‘lib, Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida vatandoshlarimiz ulkan zafarlar qozondi. Shu kunlarda Paralimpiya o‘yinlaridan ham ketma-ket quvonchli xabarlar kelmoqda.
Prezidentimiz sportchilarni yana bir bor tabriklab, yanada yuksak marralarni egallashiga ishonch bildirdi.
Bugungi murakkab va tahlikali davrda tinchlikning ahamiyati ulug‘ ekaniga urg‘u berildi:
– Hayot qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirib, xalqimizni rozi qilishga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Lekin tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi bo‘lib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi bo‘lishi shart. Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar aytib o‘tildi. Mamlakatimiz istiqboli, barcha ezgu niyatlarimiz ijobati yoshlarning bilim va salohiyatiga bog‘liq ekani qayd etildi.
Iqtisodiyotda barchaga teng huquqlar ta’minlanib, mamlakatimiz xalqaro savdo makonining ajralmas qismiga aylantiriladi. Aholini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashda tadbirkorlarga tayaniladi.
O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi. Bu raqamni islohotlar, mehnat, bilim va qobiliyat bilan katta salohiyatga aylantirish kerakligi ta’kidlandi.
– Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, e’tiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar ko‘p. Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bog‘lagan ijodkor ishbilarmonlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama rag‘batlantiramiz, – dedi Prezident.
Rivojlanish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, jonkuyarlik, faollik, birdamlik bilan erishiladi. Shavkat Mirziyoyev nutqining yakunida jamiyatimizni shunga ruhlantirdi.
– Bugun shiddatli hayotning o‘zi barchamizni yanada ulkan marralar sari da’vat etmoqda. O‘z kuchimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuchli, yanada go‘zal va obod etish bosh vazifamizga aylanmoqda. Bu shunday yuksak marraki, unga erishish uchun har qancha mehnat qilsak arziydi. Bu shunday buyuk, sharafli maqsadki, unga butun borlig‘imizni baxsh etsak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shundan so‘ng tantanali konsert dasturi namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqlarda xalqimizning boy san’ati va qadriyatlari, folklor jamoalarning chiqishlarida millatlararo totuvlik yorqin namoyon bo‘ldi. Konsert televideniye va internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilib, vatandoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |