Bayram arafasida Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 100 nafar jizzaxliklarga yangi uylarning kaliti va uyga egalik qilish huquqini beruvchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax viloyati, shahar va tuman hokimlari hamda ularning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, sektorlar va mutasaddi tashkilot, idoralar rahbarlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan samimiy qutlab, Prezidentimiz rahbarligida “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etishda barcha jabhalarda ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini, aholi turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy himoya qilish, insonlar yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida so‘nggi 7 yil ichida aniq davlat dasturlari doirasida misli ko‘rilmagan, tarixiy ishlar hayotga tatbiq etilayotganini alohida ta’kidladi.
Jizzax viloyatida, aholining uy-joyga muhtoj qatlami uchun jami 15 mingdan ortiq, shundan, 2528 tasi yakka tartibdagi hamda 382 tasi ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
– Prezidentimizning joriy yil 8-9 aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida mana shu “Oqtosh ota” MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar qurilib, imtiyozli ipoteka kreditlari asosida aholiga xarid imkoniyatini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shunga mutanosib ravishda infratuzilma tarmoqlari, maktab, bolalar bog‘chasi kabi ijtimoiy muassasalar qurilishini jadallashtirish, savdo va xizmatlarni, jumladan, yo‘l bo‘yida umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish muhimligi bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar belgilab bergan edi, – dedi Ergash Saliyev o‘z nutqida. – Sharof Rashidov tumanining bu hududi adir yonbag‘ri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish amalga oshirilmoqda. Ushbu hududdagi uylar 9, 12 va 16 qavatli bo‘lib, bu ham Jizzax sharoitida yangilik ekanini alohida ta’kidlash lozim.
Darhaqiqat, Yurtboshimizning joriy yilning 30 aprelidagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2024 yilda Jizzax viloyatida 118 ta – 4500 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy, shundan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 29 ta – 1456 xonadonli va boshqa uy-joyga talab yuqori bo‘lgan massivlarda 89 ta – 3044 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 51 ta – 2009 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qoplash, ularni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, so‘nggi 4 yilda 2184 nafar fuqaro uy-joy sotib olishi uchun 61 milliard 600 million so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Jumladan, joriy yilda 931 nafar fuqaro subsidiya asosida uy-joy sotib olishi uchun ruxsatnomalar olgan bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 244 nafar(26 foiz)iga subsidiya mablag‘lari ajratildi.
“Yangi O‘zbekiston” massivlari 41 milliard so‘m davlat byudjeti mablag‘i hisobidan 8 kilometr yo‘l, 5 kilometr ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 5,1 kilometr elektr tarmog‘i va 10 ta transformator, 5,5 kilometr issiqlik tarmog‘i va 1 ta qozonxona hamda 2,1 kilometr gaz tarmog‘i bilan ta’minlandi.
Shuningdek, Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFYdagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 1 ta 1680 o‘rinli umumta’lim maktabi, 1 ta “Al-Xorazmiy” nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 200 qatnovli poliklinika, davlat test markazi, “Innotexnopark” va kurash sport saroyi qurilib yangi shaharcha barpo etilmoqda.
– Mamlakatimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami arafasida bizga yosh oila sifatida yangi xonadonning kaliti topshirilgani bayram tuhfasi bo‘ldi, – deydi yangi xonadonga ko‘chib kirgan O‘rinboy Musurmonqulov. – Uylanganman, 1 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Qurilish firmasida mehnat qilaman. 2 xonali ushbu turar joyni ipoteka imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga oldim. Uyda yashash uchun barcha sharoitlar mujassam. Ana shunday ezgu ishlarni boshida turgan muhtaram Prezidentimizdan minnatdorman.
Fuqarolarga yangi uylarni Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev topshirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |