2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qo‘qonda 33 ta ta’lim muassasasi binosi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Qo‘qon shahridagi murojaatlar tahlili asosida aholi muammolarini chuqur o‘rganish va hal qilish bo‘yicha qator vazifalar berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosi borasida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli vazirlik, qo‘mita va idoralar mas’ullaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyati natijasida birgina Qo‘qonda 33 ta ta’lim muassasasi binolari ta’mirlanib, bolajonlar uchun foydalanishga topshirildi. 

Jumladan, Qo‘qonning Shayxon mahallasidagi 460 o‘rinli 19-umumta’lim maktabi binosi to‘liq yangilanib, muallimlar va o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.  

Mingtut mahallasidagi ming o‘rinli 9-umumta’lim maktabi ham ta’mirtalab bo‘lib qolgan edi. Bir-bir yarim oy nari-berisida bu bilim dargohi ham yangi o‘quv yiliga puxta hozirlab berildi. Shu bilan mazkur hududdan Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda tilga olingan eng katta tizimli masala hal qilindi.  

Mazkur dargohlarning tantanali ochilish marosimlarida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev keng ko‘lamdagi ushbu bunyodkorlik ishlari orqali yoshlarning iste’dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan munosib imkoniyatlar yaratib berilganini ta’kidladi. Endilikda o‘quvchilarga maktab davrida yaxshi o‘qib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi, chet tillarni, kompyuter texnologiyalari va aniq fanlarni chuqur o‘rganish lozimligi alohida qayd etildi.  

Prezidentimizning tashrifidan so‘ng Qo‘qonda yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar ichki imkoniyatlar hisobidan ta’mirdan chiqarilgan muassasalarning 15 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.

Xususan, kuni kecha Sobir Abdulla, Kalvak guzar, Shirin mahallalarida yangilangan bolalar bog‘chalari foydalanishga topshirildi. Bu amaliy harakatlar Yangi O‘zbekiston asosi bo‘lgan “Inson qadri uchun!” g‘oyasining hayotdagi ijobatidir.

Respublika ishchi guruhi mas’ullari faoliyati bilan Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarining nainki tashqi qiyofasi yangilandi, balki ular zamonaviy asosda ham to‘liq jihozlandi. Davlat boshqaruvi akademiyasi mutaxassislarining o‘quv mashg‘ulotlarida pedagoglarning bilim-tajribasi mustahkamlandi. Bularning barchasi esa ta’limning o‘ziga xos “Qo‘qon tajribasi”ni yaratishga asos bo‘lmoqda.  

05.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar