Termiz shahrida Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov, Oliy sud sudyalari Nosir Rasulov, Nurali Rahmonov va viloyat sudlari vakillari ishtirokida fuqarolarning sud-huquq masalalariga doir murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda sudlarga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 27 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha yettita, ma’muriy ishlar bo‘yicha to‘rtta va iqtisodiy ishlar bo‘yicha ikkita masala ko‘rib chiqilib, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 19 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Ommaviy qabulda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan mahkumlarning jazoni yengillashtirishni so‘rab qilgan murojaatlari shu yerning o‘zida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, 41 nafar shaxs tegishli jazosini o‘tash muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari ajrashish arafasidagi oltita oilani yarashtirdi. 2 nafar shaxsga nisbatan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha arizalar qanoatlantirildi.
Jumladan, qabulda Termiz tumanida yashaydigan 1995 yil Tojikistonda tug‘ilgan Bobomurod Sattorov 2000 yil oila a’zolari bilan Surxondaryo viloyati Termiz tumaniga yashash uchun ko‘chib kelgani, o‘shandan buyon O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ololmay yurgani, bir necha bor tegishli idoralarga murojaat etgan bo‘lsa-da, hal bo‘lmaganini ma’lum qilib, masalaga qonun doirasida yechim topishni so‘radi. Mazkur murojaat fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 1998 yil Turkmanistonda tug‘ilgan Asilbek Bozorov ham 2004 yildan buyon Termiz tumanida istiqomat qilmoqda. Sayyor qabulda u ham O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida murojaat etdi. Bu masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.
Sayyor qabulda dastlabki tergov organi taqdim etgan 5 nafar shaxsga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar, Angor, Jarqo‘rg‘on va Termiz tuman sudlarining sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchilarning jabrlanuvchilarga yetkazgan zarari to‘liq qoplangani sababli taraflar yarashtirildi va jinoyat ishlari tugatildi. Ikki nafar shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi va qamoqdan ozod etildi.
Qabulda muammolari o‘z yechimini topgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |