O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning yagona manzili sanalmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga 2024 yil 1 avgust holatiga Buxoro viloyati aholisidan 40 337 ta murojaat tushgan. Shundan, 37 005 tasi viloyatdagi tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan va 14 345 tasi ijobiy hal etilgan.
– Viloyat Xalq qabulxonasiga Kogon tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro murojaat qildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Alisher Yunusov. – Har ikki fuqaroning murojaati bilan tanishdim va shu narsa ayon bo‘ldiki, ularning turmush o‘rtoqlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro filialida haydovchi bo‘lganligini, 2023 yil 15 sentyabr kuni O.B. va N.T “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro filiali rahbarining buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safariga yuborilgan. 2023 yil 16 sentyabr kuni fuqarolar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan Amudaryo tumanidagi belgilangan ob’ektga borayotganda yo‘l transport hodisasi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ammo, marhum O.B. va N.T. bilan tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomasiga asosan to‘lovlar “Temiryo‘l sug‘urta” AJ tomonidan to‘lab berilmagan. Murojaat Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari tomonidan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. Natijada “Temiryo‘l sug‘urta” AJning sug‘urta qo‘mitasi tomonidan ushbu holat sug‘urta hodisasi deb tan olindi. 2024 yil 6 fevral kuni fuqaro K.Y.ning bank hisob raqamiga 395.064.008 so‘m, hamda fuqaro G.S.ning bank hisob raqamiga 445.199.610 so‘m sug‘urta tovoni o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Joriy yilda Xalq qabulxonalari tomonidan 28 ta boshqarma va tashkilotlar (ularning tuman va shahar bo‘limlari) o‘tkazilgan o‘rganish hamda “Virtual qabulxona” axborot tizimida o‘tkazilgan tahlillarda aniqlangan kamchiliklarni, shu jumladan, murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 231 ta taqdimnoma, 94 ta taklif, 264 ta ko‘rsatma hamda xalq deputatlari Kengashlariga 134 ta axborot kiritilgan.
Kiritilgan hujjatlarga asosan, kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 216 nafar xodimi ogohlantirildi. 60 nafar xodimiga nisbatan “hayfsan”, 9 nafar xodim oylik ish haqidan jarimaga tortildi. 31 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda 21 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda Prezident Xalq qabulxonalari fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat va xalq o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |